Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

2024-yil 12-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

25,5 milliard so‘mlik loyiha, 122 mamlakatga eksport, drift bo‘yicha chempionat, "O‘zmilliybank" AJ ACCA Approved Employer maqomini oldi — kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 12-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

"O‘zmilliybank" AJ ACCA Approved Employer maqomini oldi

"O‘zmilliybank" AJ Buyuk Britaniyaning Sharter maqomiga ega bo‘lgan xalqaro sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi (ACCA) tomonidan Akkreditatsiyalangan ish beruvchi maqomini qo‘lga kiritdi.

Ushbu maqom bankka mahalliy va xorijiy bozorlardagi eng yaxshi mutaxassislarni ishga jalb qilish va natijada bankning barqarorligini ta’minlash va uni rivojlantirishga yo‘l ochadi. Shu o‘rinda, O‘zmilliybank xodimlari bo‘lgan ACCA talabalari ham bank tomonidan, ham ACCA tashkiloti tomonidan bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Ushbu imkoniyatlar, bank xodimlarining qisqa muddat ichida ACCA azoligini qo‘lga kiritishlariga zamin yaratadi.

O‘zbekistonda drift bo‘yicha birinchi chempionat

14-16 iyun kunlari “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Drift bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Bu juda katta shou bo‘lishi kutilmoqda. Ilk chempionat O‘zbekiston Respublikasi Milliy Avtosport va karting federatsiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.   

Drift yo‘lda tezlik va trayektoriya burchagini saqlagan holda imkon qadar mavjud boshqariladigan tepalardan foydalanish bilan tavsiflanadigan avtosport turidir. Musobaqalar quruq asfalt qoplamali, burilishlari juda ko‘p bo‘lgan yo‘llarda o‘tkaziladi. Odatda bunday musobaqalarda orqa uzatmali avtomobillardan foydalaniladi.   

122 mamlakatga eksport

Mamlakatimizdan tovarlar va xizmatlar eksport qilinadigan davlatlar soni va mahsulotlar turi tobora ortib bormoqda. Bu esa iqtisodiyotimiz ravnaqi yo‘lidagi muhim natijadir.

2023 yilda eksportning yillik o‘sish sur’ati 23,8 foizni tashkil qildi. 2017 – 2023 yillar mobaynida mamlakatimizning eksport geografiyasi 14 ta mamlakatga kengaydi. Hozir mahsulotlarimiz 122 ta mamlakatga eksport qilinmoqda. Eksport qilinadigan mahsulotlar diversifikatsiyasi oshib bormoqda. Jumladan, 2017 yilda har biri 10 ming AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 1 ming 219 xil mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, 2023 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 2 ming 874 tani tashkil qildi.

Beruniyda 25,5 milliard so‘mlik loyiha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Lider Gips” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yangi investitsiya loyihasi ishga tushirilmoqda.

Qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan loyihaning umumiy qiymati 25,5 milliard so‘m bo‘lib, shundan 1,8 million AQSH dollari xorijiy kredit asosida shakllantirilgan.  

Yiliga 2 mln kv. metr gipsakarton ishlab chiqarish quvvatiga ega loyiha ishga tushirilishi natijasida 18 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Undan ko‘zlangan maqsad ichki bozorni har xil turdagi arzon va sifatli qurilish materiallari bilan ta’minlashdir.