$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 25-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5 25

“Innovatsion maktab”

Yangiyer shahridagi 7-umumta’lim maktabi viloyatda yagona bo‘lgan “innovatsion maktab” maqomini oldi.

Maktabda kelajak kasbi egalari uchun alohida xona ajratilgan, zarur texnikalar bilan ta’minlangan va darslarga malakali ustozlar jalb etilgan. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari uchun duradgorlik, qizlarga pazandachilik va tikuvchilik kasblarini o‘rgatuvchi to‘garaklar ham tashkil etildi.

2194 nafar oltin medal sohiblari

Bugun mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida 2023/2024 o‘quv yili yakunlanib, so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi.

Bu yil viloyatdagi umumta’lim maktablarining 11-sinfini 48779 nafar o‘quvchi bitirmoqda.

Ularning 2194 nafari maktabni oltin medal bilan bitiryapti. Shuningdek, 2300 nafar bitiruvchi muddatdan oldin chet davlatlarning nufuzli oliygohlarida o‘qish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1512 nafari IELTS, 1830 nafari CEFR va 362 nafari milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

“Yangi O‘zbekiston” va “Правда Востока” Hindistondagi tahririyatlar bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov, “Yangi O‘zbekiston” va “Правда Востока” gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov hamda “Gulxan” jurnali mas’ul kotibi Azim Axtamovlardan iborat delegatsiyamizning Hindistonga safari davom etmoqda.

Mamlakatda chop etiladigan nufuzli nashrlardan biri – “The Indian Express” gazetasi tahririyatida bo‘lib, ijodiy xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, gazetani nashrga tayyorlash va sahifalash jarayonlari bilan tanishdi.

“Yangi O‘zbekiston” va “Правда Востока” gazetalari tahririyati bilan “The Indian Express” gazetasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi tuzish haqida kelishib olindi.

Og‘ir atletika bo‘yicha medallar

Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ortda qolgan kun O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tib, atletlarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

-81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ruslan Rahmatjonov 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.