Pornografik foto va video tayyorlagan 36 yoshli ayolga sud hukmi o‘qildi
Sudlanuvchi pornografik suratlar hamda video mahsulotlarni ayol kishiga tarqatib, uyali aloqasida saqlab kelgani aniqlangan.
1 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilning 14-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uychi tuman sudining ochiq sud majlisida sudlanuvchi 36 yoshli M.D.ga (ayol kishi) oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjatlari ko‘rib chiqildi.
U kontentni telefon orqali tayyorlagan
Aniqlanishicha, M.D. shu yilning mart oyida “Redmi 3” telefoni orqali pornografik suratlar hamda video mahsulotni tayyorlab, Telegram orqali M.K.ga (ayol) tarqatib, saqlab kelgani aniqlanib, 1 dona “Redmi 3” telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Sudda so‘ralgan huquqbuzar M.D. (ayol) sodir etgan huquqbuzarlik harakatiga iqror bo‘lib, haqiqatdan ham pornografik suratlari hamda video mahsulotini M.K.ga (ayol) Telegram orqali yuborgani to‘g‘riligi, qilmishidan pushaymonligini bildirib, qonuniy yengillik berishni so‘rab, ko‘rsatuv bergan.
Sud hukmi
Sud hukmiga ko‘ra, M.D. MJtKning 189-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan MJtKning 189-moddasi bilan MJtKning 33-moddasini qo‘llab, BHMning 25 baravari miqdorida 8 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.



