$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Sertifikat bozori“ va universitetga kiritib qo‘yish avjida

positive

DXX xizmati va Prokuratura Departamenti bu haqida xabar qilgan.


Til sertifikatlari bozor

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahrida yashovchi, 1989 y.t. shaxs o‘zining hamshahariga ingliz tili bo‘yicha "S-1" darajadagi til bilish sertifikatini olib berish evaziga 2400 AQSH dollari va 1.250.000 so‘m olgan vaqtida ushlandi. 

Shu kabi yana bir holatda Departamentning Olmazor tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.Sh. fuqarolar F.N. va N.A.ga tanishlari yordamida 2 500 AQSH dollari evaziga "CEFR B1" sertifikatlarini olib berishini aytib, 1 500 AQSH dollari va 12,6 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Oliy ta’lim o‘yinlari

Farg‘ona viloyati

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumanidagi maktab o‘qituvchisi Yozyovon tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroni Qirg‘iz davlat universitetining Qadamjoy filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6600 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Qoraqalpog‘iston

Bu kabi holat Qoraqalpog‘istonda ham kuzatilgan. Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKDning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaroni Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan uning sherigi – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutaxassisi ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Xorazm

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va Hazorasp tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.X. va Ch.R. fuqaro X.B.ni tanishlari yordamida Nukus davlat pedagogika institutining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 750 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishlari

Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat