$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoda kambag‘allikka barham berish uchun bir asrdan ko‘proq vaqt kerak bo‘lishi mumkin

kambag

17 oktyabr - Xalqaro kambag‘allikka barham berish kuni arafasida Jahon bankining "Kambag‘allik, farovonlik va sayyora" yangi hisoboti e’lon qilindi. Hisobot pandemiyadan keyingi global kambag‘allikni bartaraf etish va barqaror sayyorada umumiy farovonlikka erishish yo‘lidagi harakatga berilgan ilk baho bo‘ldi.

Dunyo aholisining 44 foizi kambag‘al(mi?)

Bugungi kunda deyarli 700 million kishi (jahon aholisining 8,5 foizi) kuniga 2,15 dollardan kam pul bilan yashaydi, ya’ni ular qashshoqlik chegarasida. Qolgan 44 foiz aholi esa kuniga 6,85 AQSh dollaridan kam bo‘lgan pulga kun kechiradi, ushbu miqdor daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar uchun kambag‘allik chegarasidir. 1990-yildan buyon minimal daromadga ega odamlar soni dunyo aholisining o‘sishi tufayli deyarli o‘zgarmagan. 

Qashshoqlik chegarasidan chiqish foizi kamaymoqda

Hozirgi yo‘nalish bo‘yicha, 2030-yilda 622 million kishi (jahon aholisining 7,3 foizi) qashshoqlik chegarasida yashaydi deb taxmin qilinmoqda. Bu shuni anglatadiki, 2024-yildan 2030-yilgacha taxminan 69 million kishi qashshoqlik chegarasidan chiqib ketishi mumkin, bu 2013-yildan 2019-yilgacha 150 million kishi qashshoqlikdan chiqqaniga nisbatan kamroq. 

Agar o‘sish tezlashmasa va yanada inklyuziv bo‘lmasa, kuniga 6,85 dollardan kam pul bilan yashaydiganlarning qashshoqlik chegarasidan chiqishi uchun bir asrdan ortiq vaqt kerak bo‘ladi.

Dunyo global kambag‘allikka qarshi kurashda jiddiy muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda

“Yillar davomida erishilgan taraqqiyotdan so‘ng, dunyo global kambag‘allikka qarshi kurashda jiddiy muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Bu iqtisodiy o‘sishning sustligi, pandemiya, yuqori qarzdorlik, ziddiyatlar va noustuvorlik, hamda iqlim o‘zgarishlari kabi murakkab muammolar tufayli sodir bo‘lmoqda”, - deydi Jahon bankining katta boshqaruvchi direktori Aksel van Trotsenburg. 

Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va taraqqiyot uchun moliyalashtirishni oshirish o‘z navbatida inklyuziv va barqaror iqtisodiyotga muvaffaqiyatli o‘tish uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Теги :
Iqtisodiyot