Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +10°

Poliz ekinlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi

Eng yuqori ko‘rsatkichga ega viloyat umumiy yetishtirish hajmida 25,3% ni egallagan. Bu haqida yanvar-iyun oylari statistikasi e'lon qilindi.

1 daqiqa o‘qiladi

Poliz ekinlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi

Poliz ekinlari yetishtirish

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 260,2 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 % ga o‘sgan.

Yetakchi viloyat

Poliz mahsulotlarini yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyati hissasiga, ya'ni 25,3 % ga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, Qashqadaryo (16,9 %), Andijon (9,6 %) va Buxoro (9,1 %) viloyatlarida ham poliz mahsulotlari yetishtirishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.

O‘tgan yillardagi holat

Shu kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda 2020-yil ko‘rsatkichlariga ko‘ra Qashqadaryo eng ko‘p don mahsulotlari, ya'ni 885 665 tonna mahsulot yetkazib bergan.

Bunda ham Surxondaryo 307 507 tonna poliz ekinlari yetishtirib birinchilikni egallagan edi. 

Surxondaryo bugungi kungacha ham eng ko‘p poliz ekinlari yetishtiruvchi viloyatlar orasida yetakchiligicha qolmoqda.