$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Okeanlarga tashlangan plastik chiqindilar qayerga yo‘qoladi?

plastic okeanlarda plastik

Dunyo okeanlariga yiliga 4,8–12,7 million tonna atrofida plastik chiqindi tashlanibb, ulardan taxminan 70 foizi vaqt o‘tishi bilan izsiz yo‘qoladi. Okeanlardagi plastik chiqindilarning yo‘qolish sirini tushunishga qaratilgan so‘nggi tadqiqotlar bu chiqindilar dengiz marjonlarida to‘planishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Tadqiqot tafsilotlari

Xalqaro olimlar jamoasi to‘rtta turdagi marjonlardan 27 namunani yig‘ib, ularning tuzilishini chuqur tahlil qildi. Marjonlarning har bir qismida, jumladan, sirt shilliq qavati, ichki to‘qima va skeletida mikroplastik mavjudligi aniqlandi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, marjonlar atrofdagi suvdan plastik zarrachalarni o‘ziga shimib oladi, bu jarayon ularning to‘qima va skeletiga joylashib qoladi.

Marjonlar yillar davomida nobud bo‘lgach, o‘ziga shimib olgan plastiklar ularning qattiq skeletida saqlanadi. Bu esa okeanlarda “yo‘qolgan” plastiklarning aslida yashirin ravishda to‘planib borishini ko‘rsatadi.

Ekotizimga tahdid: Marjon riflari okean ekotizimining asosini tashkil etadi

Marjonlarning mikroplastiklarni yutib, to‘plab borishi ularning salomatligiga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum. Marjon riflari okean ekotizimining asosiy qismini tashkil etib, ko‘plab suv organizmlarining yashash muhitini ta’minlaydi. Ularning plastik bilan ifloslanishi ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kelgusidagi tadqiqotlar plastik chiqindilarning okean marjon riflariga va butun okean ekotizimiga uzoq muddatli ta’sirini o‘rganishga qaratiladi.