$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Mahkum inspektorni pichoqlab o‘ldirdi

positive

Inspektorni pichoqlagan shaxs mast holatda bo‘lgan.

Hodisa tafsilotlari

Joriy yilning 26 avgust kuni soat 20:45 da Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani IIB profilaktika katta inspektori N.M. o‘z vakolati doirasida muqaddam JKning 276-moddasi, ya’ni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar 1-qismi bilan sudlanib, soat 18:00 dan soat 06:00 ga qadar yashash joyini tark etmaslik taqiqi bilan ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan tumanning Shodlik mahallasida yashovchi fuqaro X.E.ni yashash xonadoniga borib, tekshirgan.

Mast holatda qotillik

Inspektor kelgan paytda X.E. xonadonida yo‘qligi, jazoni o‘tash tartibini buzganligi aniqlangan.

Shu vaqtda fuqaro X.E. mast holda yashash xonadoniga tashqaridan kelib, janjal ko‘targan va xonadonda bo‘lgan oshxona pichog‘ini olib chiqib, kutilmaganda N.M.ning ko‘krak qafasiga sanchib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan hamda voqea joyidan qochib yashiringan.

Profilaktika inspektori N.M. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Ayblanuvchi qo‘lga olingan

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.E. qo‘lga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Теги :
Jamiyat