$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Ikki yil qattiq mehnat qiling, pul sizni o‘zi quvsin — Jahongir Ortiqxo'jayev

Ortiqxo

Bugun amaldagi chempionlarning Qibraydagi qarorgohiga “Paxtakor” futbol klubi raisi va Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo'jayev tashrif buyurib, futbolchilar bilan mavsum oldidan suhbatlashgan.

Mavsum satarti

Kuni kecha O‘zbekiston superligasi start oldi. 4-mart kuni amaldagi chempion "Paxtakor" o'z uyida “Surxon”ni mehmoni qiladi. Bugun jamoaning Qibraydagi qarorgohiga “Paxtakor” futbol klubi raisi va Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo'jayev tashrif buyurib, futbolchilar bilan mavsum oldidan suhbatlashgan.

Endi klubning asosiy strategiyasi yoshlarni Yevropaga shu yerning o‘zidan sotish bo‘ladi

"Bugun "Paxtakor" yangilandi. Sizlarni ko‘rib ko‘zim quvnayapti. 5-6 nafaringizni inobatga olmasa, barchangiz yoshsiz. Bunday imkoniyat har doim ham bo‘lmaydi. Futbolchining sportdagi hayoti qisqa. 2-yil qattiq mehnat qiling, pul sizni o‘zi quvsin. Men sizlar bilan hali katta loyihalarga qo‘l uraman. Endi klubning asosiy strategiyasi yoshlarni Yevropaga shu yerning o‘zidan sotish bo‘ladi. Bu esa terma jamoamiz uchun ham foyda. Hech qachon maydonda o‘zingizni xafa qildirmang", - deya Ortiqxo‘jayevning so‘zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.

Ma'lumot uchun, "Paxtakor" mavsum oldidan bir qator yetakchilari bilan xayrlashib, jamoa yoshartirgan.