Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +10°

O‘zbekiston sport delegatsiyasi Parij-2024 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatildi

Bu galgi Paralimpiya o‘yinlarida 549 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Bu o‘yinlar tarixidagi rekord hisoblanadi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sport delegatsiyasi Parij-2024 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatildi

Bugun Olimpiya shon-shuhrati muzeyida mamlakatimiz sport delegatsiyasini Parij-2024 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Paralimpiya o‘yinlariga rekord tayyorgarlik

So‘zga chiqqanlar bu galgi Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik sikli avvalgilariga qaraganda ancha farqli bo‘lganini ta’kidlashdi.

Shunga qaramay, Prezidentning shaxsan qo‘llab-quvvatlashlari, Paralimpiya harakatiga qaratgan alohida e’tiborlari tufayli barcha tashkiliy va tayyorgarlik jarayonlari samarali o‘tdi.

Para atletchilarimiz yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 65 nafar sportchi bilan 113 ta lisenziyani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu Vatanimiz uchun Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bo‘yicha lisenziyalar va musobaqa ishtirokchilari soni bo‘yicha mutloq rekord ko‘rsatkich ekani alohida qayd etildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari kimlar bo‘ladi?

Tadbir davomida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari para yengil atletikaning yadro otish dasturida ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Xusniddin Norbekov va disk uloqtirish dasturida Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari oltin medali sohibasi Mohigul Hamdamovaga tantanali ravishda davlat bayrog‘ini topshirildi.

Bu galgi o‘yinlarda rekord miqdordagi medallar jamlanmasi o‘ynaladi

Sportchilarimiz Paralimpiya o‘yinlarida para yengil atletika, dzyudo, suzish, pauerlifting, kanoe, akademik eshkak eshish, taekvondo, o‘q otish va velosport bo‘yicha ishtirok etadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 549 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Bu o‘yinlar tarixidagi rekord hisoblanadi.