Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 77 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +6° kechasi +6°

Yilning eng katta Oyi oktyabrda ko‘rinadi

Yerning tabiiy yo‘ldoshi sayyoramizga eng yaqin masofagacha keladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Yilning eng katta Oyi oktyabrda ko‘rinadi

Bu yilgi super Oy hodisalarining eng yirigi 17-oktyabrda kuzatiladi. Bu haqda TACC nashri xabar bermoqda. Yerning tabiiy yo‘ldoshi to‘lishgan paytida sayyoramizga eng yaqin masofagacha keladi.

Sentyabrdagi to‘lin oy qisman to‘lishadi

Moskva planetariysi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 18-sentyabrda, Oy qisman tutilgan paytida ham to‘lishadi, biroq oktyabrdagi kabi yaqin masofaga kelmagani bois unchalik katta ko‘rinmaydi.

Super Oy — Oyning eng to‘lishgan va Yerga eng yaqinlashgan paytidagi hodisa. Bu paytda u Yerdan maksimal uzoqlashgan va to‘lishgan paytiga nisbatan taxminan 13,5 foiz kattaroq ko‘rinadi.

Ketma-ket 4 oyda super Oy hodisasi kuzatiladi

Mutaxassislarning fikriga qaraganda, bu yil 19-avgust, 17-sentyabr, 17-oktyabr va 15-noyabr kunlari super Oy hodisasi ro‘y berishi kutilmoqda.

Ushbu super Oylardan 19-avgust kuni “Bakra oyi” hodisasi kuzatilgandi. Unda Oy va moviy Oy kombinatsiya tarzda samoda ko‘rinish bergandi.