$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʼrta Chirchiq tumanida noqonuniy baliq ovlash holatlari aniqlandi

elektromobil

Reyd

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Sirdaryo suv havzasi shoʼbasi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda "Golden Fish Gruop" MCHJ qoʼriqlash xizmati xodimlari bilan birgalikda navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Noqonuniy ov

O‘rta Chirchiq tumani Tuyabo‘g‘iz suv ombori hududida o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro D.D. noqonuniy usulda, ya’ni leskali toʼr yordamida baliq ovlayotgani aniqlandi. Shuningdek, yana bir holatda fuqaro Z.K. tomonidan ham leskali to‘r bilan 5 bosh sudak va 5 bosh tovon baliqlari noqonuniy ovlangani ma'lum bo‘ldi. 

Har ikki holatda ham tabiatga 2 million 210 ming so‘mdan zarar yetkazilgan.

Jinoyat ishi

Yuqoridagi huquqbuzarliklar yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuruy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, 3 ming 500 metrdan ziyod egasiz leskali toʼrlar suvdan chiqarib olindi. Hujjatlar tegishli chora ko’rish maqsadida O‘rta Chirchiq tuman sudiga yuborilmoqda.


https://t.me/ecogovuz/45411

Теги :
Jamiyat