$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Bugundan “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 2-mavsumiga start berildi

Open budget

Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihaning bu galgi mavsumi ovoz berish bosqichi 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etishini ma’lum qildi. 

Fuqarolar qanday shaklda ovoz berishlari mumkin?

Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi;

portalning mobil ilovasi (Android va iOS);

Telegram’dagi rasmiy bot yordamida ovoz berishi mumkin.

Davlat byudjetidan 3 trillion so‘m

O‘zbekistonda 13 martdan “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni boshlanishi belgilangandi. Biroq ovoz berish uchun zarur platforma — OpenBudjet portalida texnik nosozlik kuzatilgani bois 16-martda qaytadan boshlangan edi.

Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.

Bir fuqaro – bir ovoz

Ma’lumot uchun, 2024-yil mart oyidan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etiladi.