$
 12653.32
-58.77
 14822.10
-105.71
 161.89
-0.75
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

“Tashabbusli byudjet” jarayonidagi loyihalar qanday mezonlar asosida tanlab olinadi?

open

Avval xabar berilganidek, 1-fevraldan “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi boshlanadi. Shu sababli ishchi komissiya tomonidan asosiy mezonlar ishlab chiqildi

Asosiy talablar

Loyihada aks etgan muammo/tadbir tegishli tuman (shahar) hududiga tegishli bo‘lishi;

jamoaviy muammolarni hal etishga qaratilganligi (yo‘llarni ta’mirlash, xiyobonlar va bolalar maydonchalarini barpo etish, ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash yoki jihozlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish (ta’mirlash) va shu kabilar);

jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar idoraviy yoki shaxsiy xususiyatga ega bo‘lmasligi (shaxsiy avtomashina, turar joy, bino-inshootlarni xarid qilish, ma’muriy binolarni ta’mirlash);

tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlamasligi hamda loyihani amalga oshirish natijasida pullik xizmat asosida foydalanilmasligi;

byudjet tashkilotini saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘zida aks ettirmasligi (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kommunal, aloqa va Internet xizmati uchun to‘lovlar, shuningdek, kanstovar va boshqa tez eskiruvchi moddiy qiymatliklar);

mahalliy davlat hokimiyati, davlat organlarining binolarini qurish, ta’mirlash va jihozlash hamda boshqa ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lmasligi;

boshqa dastur yoki Hukumat topshiriqlari asosida moliyalashtirish manbasi aniq belgilab berilgan obyekt yoki ishlarni o‘z ichiga olmasligi;

loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobari — 1,5 mlrd. so‘mdan oshmasligi lozim.

Bunda, bir xil mazmundagi bir necha loyihalar ilgari surilgan bo‘lsa, ulardan ma’lumoti to‘liq ko‘rsatilgan dastlabki kiritilgan loyiha qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi 20-martga qadar davom etib, 

bunda:

Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;

Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;

Targ‘ibot bosqichi — 8–10-mart;

Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

1-mavsum g‘oliblari esa 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot