$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Onkologiya markazi endi 1,2 trillion so‘mlik yangi binoda ish olib boradi

positive

Uning loyihasi Janubiy Koreyaning shu sohadagi klinikalari tajribasi asosida ishlab chiqildi. Uch yil davomida puxta ish olib borilib, Toshkent tibbiyot akademiyasi yonidagi 5 gektardan ziyod maydonda zamonaviy shifoxona barpo etildi.

9 ta binodan iborat majmua

Yangi majmua 9 ta inshootdan iborat bo‘lib, asosiy binolar 8 qavatli. Ularda shifokor va bemorlar uchun kerakli sharoitlar inobatga olingan. 1-qavatda poliklinika va tashxis uskunalari, 2-qavatda laboratoriya, statsionar, reanimatsiya va jarrohlik xonalari, yuqori qavatlarda palatalar joylashgan. Yerosti qismida radioterapiya, yadro tibbiyoti bo‘limi, xo‘jalik xonalari bor.

Avvalgi shifoxona 370 o‘rinli edi. Yangi markazda 650 ta statsionar va 80 ta kunduzgi o‘rinlar tashkil etildi. Shuningdek, bir kunda 500 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishi mumkin.

Loyiha qiymati

“Biz ta’lim va tibbiyotga alohida e’tibor berayapmiz. Chunki odamlar bilimli bo‘lib, sog‘lom bo‘lsa, o‘z yo‘lini topadi. Bu markaz ham shunday ishlardan biri. Bu loyihaga 1,2 trillion so‘m ajratib, "noldan" qurdik. Barcha onkologiya shifoxonalarini jihozlashga 80 million dollar yo‘naltirildi. Endigi asosiy vazifa - xodimlarni o‘qitib olish, samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish”, - dedi Mirziyoyev.

“Kanser-registr” tizimi

Markaz o‘zining hududlardagi filiallari bilan yagona elektron platformaga ulanadi va respublikada “kanser-registr” tizimi ishga tushiriladi. Buning natijasida nazoratda turgan barcha onkologik bemorlar haqidagi ma’lumotlar yaxlit ko‘rinib turadi.

Yangi uskunalar va sharoitlar natijasida markazda o‘sma kasalliklarini erta aniqlash hamda davolash samaradorligi bir necha barobar oshadi. Bu o‘lim holatlarini kamaytirish, insonlarni sog‘aytirib, umrini uzaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu tibbiyot turizmiga ham manba bo‘ladi.

Теги :
Жамият