$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

Shaxsan o‘z nazoratim ostida bo‘ladi — Saida Mirziyoyeva

Majlis

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida davlat rahbari tomonidan ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturi ma’qullangani haqida yozdi

Ushbu hujjatga xalqaro klinik amaliyotlar asos qilib olingan

Uning qayd etishicha, dastur milliy va xalqaro ekspertlar jamoasi tomonidan bir yilga yaqin vaqt davomidagi muhokamalardan so‘ng qabul qilingan. Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, ushbu hujjatga xalqaro klinik amaliyotlar asos qilib olingan bo‘lib, 30 yoshdan boshlab ayollar har 10-yilda inson papillomasi virusiga test topshirishi, 45 yoshdan 65 yoshgacha esa har 2-yilda mammografiyadan o‘tishi kerak bo‘ladi. 

Elektron ro‘yxat

Qayd etilishicha, bunda har bir ayol elektron ro‘yxatga kiritiladi va har qanday xavfli o‘zgarishlar aniqlanganda tizimda “yo‘qolib qolmaydi”. “Dastur aniq harakatlar va davolash protokollarini o‘z ichiga olgan. Albatta, bu juda katta qadam va ushbu o‘zgarishlar jarayoni shaxsan o‘z nazoratim ostida bo‘ladi”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Теги :
Salomatlik