$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada mehnat qulligidan qochgan ayol vatanga qaytarildi

Mehnat qulligi

Ombudsman idorasi mehnat qulligidan qochgan ayolning O‘zbekistonga qaytishiga yordam berdi. Yil boshida uni aldov yo‘li bilan Rossiyaga olib ketishgan, pasportini olib qo‘yishgan va dalada majburlab ishlatishgan.

5 oylik qullik

Jizzax viloyatida fuqaro Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning mintaqaviy vakiliga aldov yo‘li bilan Rossiyaga ishlash uchun olib ketilgan singlisini O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘rab, murojaat qildi. Bu haqda ombudsman matbuot xizmati xabar qildi. Murojaatchi 2024-yilning yanvar oyida singlisi F.S.ni fuqaro D.O. aldov yo‘li bilan Rossiyaga olib ketganini qayd etgan. U qizni pasportini ro‘yxatga qo‘yish vaji bilan olib qo‘yib, 5 oy davomida katta dalada majburlab ishlatgan.

Ayol oilasi bagʻriga qaytarildi

Ayolning singlisi Samara shahriga qochishga muvaffaq bo‘lgan, ammo vataniga qaytib kelishga imkon topolmagan. Mazkur murojaat darhol ombudsman nazoratiga olinib, “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti Jizzax viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘rganilgan. Fuqaro F.S. 27-iyul kuni O‘zbekistonga qaytarib olib kelingan va hozirda u oilasi bag‘rida", - deyiladi xabarda.