$
 12141.38
15.28
 14313.47
141.7
 160.26
1.15
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda bo‘sh ombor qolmadi

Ombor

Kommersant nashri mamlakatda yuqori sifatli omborlar qolmagani, ombor narxi bo‘yicha MDHda eng qimmati ekanligini ma’lum qildi.

Markaziy Osiyo – yangi logistika markazi

Kommersant nashrining yozishicha, yilning dastlabki birinchi choragida Kavkazorti, Markaziy Osiyo va Belarusda omborlar 14 foizga ortib, 4,1 mln. kv.mni tashkil etmoqda. Yanvar-mart ichida faqatgina 47 ming kv. metr omborlar uchun ajratilgan, hisob-kitoblarga ko‘ra omborlar soni 5,6 mln. metrga yetishi mumkin. Nashrning yozishicha, Rossiyaning “Wildberries” hamda “Ozon” bozorlari Markaziy Osiyoni yangi logistik markazga aylantirdi.

O‘zbekistonda bo‘sh ombor qolmadi

Tahlillarga ko‘ra, MDH mamlakatlardagi omborlarning atigi 2 foizigina bo‘sh. Ozarbayjonda bo‘shlik ushbu yilda 13,3 dan 1,2 foizgacha tushgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 4,5 dan 0 foizga tushib ketdi. Qozog‘istonda hozirda 1,6 foiz bo‘sh bo‘lsa, Belarus, Qirg‘iziston, Gruziya va Tojikistonda ham qolmaganligi aytilmoqda.

Eng qimmat narx O‘zbekistonda

O‘zbekiston sifatli ombor narxi bo‘yicha hamdo‘stlikda yetakchi bo‘lib, A toifadagi omborlar narxi kvadrat metr uchun 156 dollarni tashkil etadi. Bu narx eng ko‘p Qozog‘istonda o‘sib, 35,3 foizga ko‘tarilgan holda 153 dollar bo‘ldi. Umuman butun Markaziy Osiyoda bu ko‘rsatkich 114-156 dollarga tushadi. Rossiyada o‘rtacha narx esa 108 dollar(Moskvada 124).

Теги :
Jamiyat