$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Bugun Olimpiada chempionlari “katta sahna”ga chiqadi

Hasanboy

Fransiya poytaxtida o‘tkazilayotgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbek sportchilari o‘z yurishlarini davom ettiradi. Olimpiadaning 14-kuni yurtdoshlarimizni muhim bahslar kutib turibdi. Bugun 6 nafar yurtdoshimiz 4 ta sport turi bo‘yicha Parij maydon va arenalarida chiqish qiladi. 

Kun dasturi 

Bugungi kunning o‘zbek sportchilariga atalgan dasturni badiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova boshlab beradi. Vakilamiz 13:00 da chiqish qilishi rejalashtirilgan. Undan so‘ng esa “Tokio-2020” g‘olibi Ulug‘bek Rashitov tayekvondo bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasining yurishlarini boshlab beradi. So‘ngra Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yakkalik bahslarida qatnashayotgan qizimiz Nilufar Zokirovaning chiqishi kutilmoqda. Soat 14:00 dan boshlab erkin kurashchilarimiz Javrail Shapiyev (-86 kg) va G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) lar maydonga chiqishadi. Kun dasturini bokschilarimiz yakunlab beradi. Dastlab, final yo‘llanmasi uchun bayroqdorimiz Abdulmalik Halakov soat 00:30 da Avstraliya vakili Charli Senior bilan kuch sinashsa, 01:34 da “Rio-2016” chempioni Hasanboy Do‘smatov mezbonlar vakili Billal Bennama bilan oltin uchun ringga ko‘tariladi.

Bahodir Jalolov finalda

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi. +92 kg vazn toifasida ringga chiqqan bokschimiz yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi yarim final bahsida katta ustunlik bilan g‘alabaga erishdi. Jalolov yarim final bahsida germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi ringga chiqdi. Qiziqarli kechgan bahsning barcha raundlarida 5:0 natijasi qayd etildi. Mazkur vazn toifasidagi final 11-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimizga Ispaniya vakili Ayyub Gadfa raqiblik qiladi.