Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +11°

Olimpiadaning 5-kuni omadsiz tarzda yakunlandi

31-iyul kuni Parij Olimpiadasida beshinchi kun bahslari o‘tkazilib, kun dasturida O‘zbekiston delegatsiyasidan 7 ta sport turida 8 ta sportchi ishtirok etdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiadaning 5-kuni omadsiz tarzda yakunlandi

30-iyul kuni Parij Olimpiadasida beshinchi kun bahslari o‘tkazilib, kun dasturida O‘zbekiston delegatsiyasidan 7 ta sport turida 8 ta sportchi ishtirok etdi.

Omadsiz kun

Bugun yuqorida ta’kidlaganimizdek bir qancha sportchilarimiz Olimpiadada chiqish qildi, ammo boks vakillaridan tashqari barcha o‘z ishtirokini yakunlashga majbur bo‘ldi. Jumladan, Akademik eshkak eshish sport turida Shahzod Nurmatov/Sobir Safaraliyev - S finalda o‘z guruhida 3-bo‘lib marraga yetib keldi va Olimpiadani umumiy hisobda 15-o‘rinda yakunlashdi. Shuningdek, dzyudochilarimiz Davlat Bobonov va Gulnoza Matniyazova ham musobaqa bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, kamondan otish sport turidagi vakil(a)larimiz Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorovaga ham omad kulib boqmadi.

Boksda g‘alaba

-57 kg vazn toifasida jang qiluvchi bokschimiz Abdumalik Xalokov shvetsiyalik Nebil Ibrahimni, -71 kg vazn toifasidagi jangchimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa misr vakili Muhamed Al Avadini mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, ikki bokschimiz ham o‘z yurishini davom ettirib, chorak final bosqichiga yo‘l oldi.