$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Hasanboy Do‘smatovda g‘alaba, futbolchilarimiz esa musobaqa bilan xayrlashishdi: Olimpiadada navbatdagi kun yakunlandi

Paris-2024

Kecha, 30-iyul kuni Parij Olimpiadasida to'rtinchi kun bahslari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasidan 6 ta sportchi hamda O'zbekiston OTJ ishtirok etdi. 

Akademik eshkak eshish

Vakillarmizning chiqishlarini, dastlab, akademik eshkak eshish sport turidagi vakilamiz Anna Prakaten boshlab berdi. Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchi chorak final bahsida o'z guruhida ikkinchi natijani qayd etib, yarim final bosqichiga yo'l oldi. Endilikda Prakaten 1-avgust kuni yarim final bosqichida ishtirok etadi. 

Dzyudo

- 81 kg vazn toifasida tatamiga ko'tarilgan dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev avvalroq ishtirokini ikkinchi bosqich bahslaridan boshlashi aytilgandi, ammo uning iroqlik raqibi Sajjad Sehinning musobaqada ishtirok etmasligi ma'lum bo'lgan. Shundan so'ng sportchimiz ishtirokini uchinchi davradan boshladi va unda mezbonlar vakili Jalo Alfa Omarga qarshi ringga chiqib, uni mag'lub etgan holda chorak finalga yo'l oldi. Chorak final bosqichida esa, afsuski, vakilimiz janubiy koreyalik sportchiga imkoniyatni boy berdi. Endilikda u bronza medali uchun o'tish bahsida tatamiga ko'tariladi.

Futbol

Shuningdek, bugun Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ ham "C" guruhidagi so‘nggi 3-tur uchrashuvini o‘tkazdi. Unda jamoaga Dominikan Respublikasi vakillari raqiblik qildi. Ushbu o'yinda O‘zbekiston OTJ o‘yinda qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar, musobaqa bilan xayrlashishi aniq edi. Shunday bo'lishiga qaramay, jamoamiz sportcha professionalikka amal qilgan holda nisbatan mazmunli o'yin namoyish qildi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi va ikki jamoa ham guruh bosqichida musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Ushbu guruhdan esa O'zbekiston OTJni mag'lubiyatga uchratgan Misr va Ispaniya jamoalari ketma-ketlik asosida keyingi bosqichga jo'y oldi.

Boks

57 kg vazn toifasidagi bokschimiz Sitora Turdibekova ilk jangini Kongo vakilasiga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozondi. U endilikda 1/8 final bosqichida jang qiladi.

Afsuski, xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi. Keyinchalik -54 kg vazn toifasidagi yana bir vakilamiz Nigina O‘ktamova KXDR delegatsiyasi a’zosi Cholmi Pangga qarshi jang qilib, 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Biroz avval esa Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov Puerto-Riko vakili Xuanma Lopes de Xesusga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang 5:0 hisobida vakilimiz foydasiga hal bo‘ldi. Hasanboy endilikda chorak final bosqichida jang qiladi. 

Undan so‘ng - 80 kg vazn toifasida jang o‘tkazuvchi bokschimiz To‘rabek Habibullayev ilk jangida filippinlik Eumir Marsialga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozongan holda navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.