$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Zaynab chiqib ketgan oʻtgan kun: Olimpiadaning uchinchi kuni qanday o‘tdi?

Olymp

Bugun, 29-iyul kuni Parij Olimpiadasida uchinchi kun bahslari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasidan 8 ta sportchi ishtirok etdi. Afsuski, bugungi kunni ham kechagi kabi omadli o‘tdi deb ayta olmaymiz.

Dzyudoda omadsiz kun

Dzyudo bahslarida bugungi ishtirokimizni boshlab bergan Shukurjon Aminova tatamiga ko‘tarilib, ilk bosqichda Kot d’Ivuar vakilasiga qarshi bahs olib bordi va raqibasidagi uchta shido evaziga keyingi bosqich masalasini hal qildi. Shundan so‘ng u gruziyalik Yeteri Lipartelianiga ro‘baro‘ kelib, afsuski, imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Aminovadan keyin yana bir dzyudochimiz o‘z yurishini boshladi. -73 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Murodjon Yo‘ldoshev qozog‘istonlik raqibga qarshi tatamiga chiqib, qo‘shni davlat vakilini "uyga kuzatib qo‘ydi". Raqibdagi uchta shido evaziga vakilimiz keyingi bosqichga yo‘l oldi. Alamlisi Murodjon Yo‘ldoshev ham navbatdagi bosqichda moldovalik Adil Osmanovga qarshi chiqadi va xuddi o‘zida bo‘lganidek uchta shido evaziga raqibiga imkoniyatni boy beradi.

Suvdagi start kutilganidekmas

O‘zbekiston vakili Ilya Sibirsev bugun 800 metrga erkin suzish dasturidagi saralash bahsida ishtirok etib, 1-saralash guruhida 7:56.67 daqiqada marraga keldi. Afsuslar bo‘lsinki, ushbu natija atletimizga final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun yetarli bo‘lmadi. U umumiy reytingda 31 nafar suzuvchi orasida 22-o‘rinni egallaydi. Final yo‘llanmasi esa eng yaxshi natijani qayd etgan 8 nafar sportchiga nasib etgan. Shu tariqa u Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi. 

Kun dasturidagi O‘zbekistonlik sportchilarning orasida birinchi bo‘lib, akademik eshkak eshuvchilar - Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev o‘z ishtirokini boshlab beradi. Ular yengil vaznli juftlik dasturining o‘tish bosqichida ishtirok etib, 6:50.61 natija bilan beshta jamoa orasida to‘rtinchi o‘rinni egallashdi. Yana ming afsuslar bo‘lsinki, bu bosqichda ham keyingi bosqichga eng yaxshi natijani qayd etgan uchta terma jamoa yo‘l olardi. Endi ular 31-iyul kuni S toifasidagi finalda startga chiqadi.

Bayroqdorimiz ishtirokini yakunladi

Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimida Abdumalik Xolakov bilan birgalikda O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori bo‘lgan qilichbozimiz Zaynab Dayibekova Tokio Olimpiadasi sovrindori hisoblangan koreyalik Jisu Yonga 11:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa u uchun Olimpiada birinchi davradayoq yakunlandi.

Bokschilar "yurishi"ni boshladi

Bugun mamlakatimiz hisobiga eng ko‘p medallarni jamg‘arib berishi kutilayotgan sport turi boks vakillari ham o‘z janglarini o‘tkazishdi. Jumladan, musobaqada -63,5 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ruslan Abdullayev ilk jangini meksikalik Ramires Martinesga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alabani o‘ziniki qildi. Endi Ruslan chorak final jangida 1-avgust kuni soat 12:50 da kanadalik Vyat Sanfordga qarshi ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, bugun Tokio Olimpiadasi chempioni "Katta o‘zbek" ham o‘zining jangini norvegiyalik Omar Shihaga qarshi o‘tkazib, jangda to‘liq ustunlikka erishdi.