$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda oltin zaxiralari hajmi kengaygan

Oltin zahirasi

Butunjahon oltin kengashi so‘nggi o‘n yillikda (2013–2023-yillar) Rossiya va Xitoy o‘z oltin zaxiralari hajmini salmoqli tarzda kengaytirganini ma’lum qildi.

Hozirda oltin zaxiralari 371 tonnani tashkil qilmoqda

Visual Capitalist ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda Rossiya o‘z zaxirasini 1 035 tonnadan 2 333 tonnaga, Xitoy 1 054 tonnadan 2 235 tonnaga oshirgan.

Xususan, Turkiya o‘z zaxirasini 116 tonnadan 540 tonnaga oshirib, kuchli uchlikka kirdi.

O‘zbekiston zaxirasiga 10-yil (2013–2023) davomida 154 tonna qo‘shilib, 217 tonnadan 371 tonnaga yetdi va mamlakatimiz oltin zaxirasi hajmi oshishi sur’ati bo‘yicha jahonda 7-o‘rinni egalladi.

Dunyo bo‘yicha oltin zaxirasi eng ko‘p davlat - AQSh 

Shuningdek, ekspertlar oltinga qiziqish ortishini geosiyosiy vaziyat, sanksiyalar kuchayishi va dedollarizatsiya haqidagi gap-so‘zlar avj olishi bilan bog‘lashmoqda. Markaziy banklar oltinni daromadlilik salohiyatiga ega xavfsiz hamda likvid aktiv deya baholashmoqda.

Garchi Rossiya va Xitoy oltin yig‘ishga zo‘r berayotgan bo‘lsa-da, oltinning eng yirik zaxirasi AQSHga tegishli — 8 133 tonna. Amerika oltinining yarmi Fort-Noks (Kentukki shtati)da saqlanmoqda.

Oltin jamg‘armasi kattaligi bo‘yicha Germaniya (3 351 tonna) — ikkinchi, Italiya (2 452 ) — uchinchi, Rossiya va Xitoy to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda joylashgan.

Ma’lumot uchun, avgust oyida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1,06 mlrd. o‘sgan holda 37,4 mlrd. dollarni tashkil qilganligi haqida xabar berilgan edi.

Теги :
Jamiyat