O‘zbekiston eng yirik oltin xaridorlari o‘nligiga kirdi
Jahon oltin kengashi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining sof oltin xarid qilish hajmi 11 tonnani tashkil etgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon oltin kengashi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining sof oltin xarid qilish hajmi 11 tonnani tashkil etgan.
O‘zbekiston dunyoda to‘qqizinchi
Jahon oltin kengashining yillik hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda oltinga bo‘lgan global talab rekord darajaga yetgan — 4 974 tonna. O‘zbekiston Markaziy bankining sof oltin xarid qilish hajmi 11 tonnani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘laroq O‘zbekiston dunyoda to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarildi. Shuningdek, noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki Polsha bilan birgalikda dunyodagi ikkita asosiy oltin xaridorlaridan biriga aylangan.
Oltin narxidagi o‘zgarishlar
Ma’lumotga ko‘ra, markaziy banklar ketma-ket uchinchi yil 1 ming tonnadan ortiq oltin sotib olgan. Investitsiyaga bo‘lgan talab 25% ga o‘sib, 1,18 ming tonnaga yetdi. Quyma va tangalarga bo‘lgan yillik talab barqaror darajada saqlanib qolgan. 2024-yilda oltinning o‘rtacha narxi bir unsiya uchun $2,3 mingni (+23%) tashkil etdi, to‘rtinchi chorakda esa bu bir unsiyasi uchun rekord darajadagi $2,6 mingga yetgan. Oltin qazib olishning umumiy hajmi 1% ga oshib, 3 661 tonnani tashkil etdi, oltinni qayta ishlash esa 11% ga oshib, 1 370 tonnani ko‘rsatdi. Qimmatbaho metallar taklifi 4 974,5 tonnaga (+1%), talab esa 4 553,7 tonnaga (+1%) oshgan.



