$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Tarixiy natija: O‘zbekistonlik ikki karra Olimpiada chempionlari

positive

Bu natija xalqaro reytengda ham O‘zbekistonni ancha yuqoriga olib chiqdi.

 “Professor”dan professional ish

O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpiadaning final jangida fransiyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiya o‘yinlarida ikkita oltin medalga ega chiqqan birinchi bokschi bo‘ldi.

51 kilogrammgacha vazn toifasida 2016 yilgi Olimpiya chempioni, "Professor" laqabi bilan mashhur bo‘lgan sportchi final bahsida jahon chempionatining ikki karra bronza medali sovrindori, Yevropa o‘yinlari va Yevropa chempioni fransiyalik 26 yoshli Bilol Bennama bilan jang qildi.

Raqiblar 2023-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida to‘qnash kelgan, o‘shanda Do‘smatov nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Jang

Butun jang davomida ancha kuchli raqiblar bo‘lishiga hamda bo‘y farqiga qaramay, Hasanboyning ustunligi sezilib turdi. Birinchi raund “3:2”, ikkinchi raund “4:1”, uchinchi raund “4:1”, umumiy hisob esa 5:0" shaklida hamyurtimiz foydasiga hal bo‘lgan.

Bronza medallarini kabo-verdelik David de Pina va kubalik Yunior Alkantara Reyes qo‘lga kiritdi.

Ulug‘bek Rashitov O‘zbekistonda taekvondo tarixiga ikki karra kirdi

Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida ikkita Olimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritgan birinchi taekvondochi bo‘ldi.

68 kilogrammgacha toifada Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni bo‘lgan 22 yoshli sportchi finalda Osiyo o‘yinlari vitse-chempioni iordaniyalik Zaid Abdul Karim bilan kuch sinashdi.

Ulug‘bek Rashitov 2002-yil 23-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2016-yildan O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi, keyin o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari tarkibidan o‘rin olgan, so‘ng terma jamoaga o‘tgan. 2018-yilda Tunisda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan. O‘sha yili Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni olgan. 2019-yilda Uxan shahrida o‘tgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida u shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Tokio-2020 Olimpiadasida Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritgan va shu orqali o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochgan. Aynan u 19 yoshida Olimpiya chempioni unvoniga ega chiqishga muvaffaq bo‘lgan birinchi o‘zbek taekvondochisi va O‘zbekiston tarixidagi eng yosh Olimpiya chempioni bo‘lgan edi.

Jang

Uchrashuv boshida Zaid Karim hisobni ochgan (2:0), ammo Rashitov boshga yo‘llagan aniq zarbasi evaziga ustunlikni qo‘lga kiritib, hisobni o‘zgartirgan(5:2).

Birinchi raund 5:4 hisobida sportchimiz foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi davrada O‘zbekiston vakili himoyaviy harakat qilib, 3:1 hisobini qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. Yakuniy hisob esa 2:0.

Shu tariqa Ulug‘bek Rashitov ikki karra Olimpiada chempioni bo‘ldi va O‘zbekiston tarixida bunday natijaga erishgan birinchi taekvondochiga aylandi.

Xalqaro reyting

Ushbu ikki g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston 9-avgust kuni uchta oltin va ikkita bronza medali bilan medallar jadvalida 18-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Sportchilarimizni tarixiy ga‘labalari bilan tabriklaymiz.

Теги :
Jamiyat