Parij-2024: bugun o‘zbekistonliklarni qanday musobaqalar kutmoqda?
Dushanba kuni Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kirishadi.
1 daqiqa o‘qiladi

29-iyul, dushanba kuni Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kirishadi.
Qaysi sportchilar?
Dastlab, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da dzyudochilar Murodjon Yo‘ldoshev va Shukurjon Aminova musobaqaga tushadi.
So‘ngra qilichbozlik bo‘yicha Zaynab Dayibekova, suzishda Ilya Sibirsev hamda akademik eshkak eshishda Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyevlar bellashadi.
Shuningdek, bokschilar Ruslan Abdullayev va Bahodir Jalolovni ham janglar kutmoqda.
Quyida 29-iyul kuni ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxati:
Dzyudo
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) — Daniyar Shamshayev (Qozog‘iston) — 13:00.
-57 kg: Shukurjon Aminova (O‘zbekiston) — Dabonne Zuleyha Abzetta (Kot-d'Ivuar) — 13:00.
Akademik eshkak eshish
Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev — 13:40.
Qilichbozlik
Zaynab Dayibekova (O‘zbekiston) — Yun Jisu (Janubiy Koreya) — 13:50.
Suzish
Ilya Sibirsev — 14:30.
Boks
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev (O‘zbekiston) — Martinez Ramirez Migel Anxel (Meksika) — 15:05.



