Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +20° kechasi +9°

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

So‘nggi kunlarda Rossiya aeroportlarida migrantlarning hujjatlarini bir necha soatlab tekshirish holatlari kuzatilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.

Soatlab tekshiruv

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir necha soatlab tekshirish holatlari va bu o‘z navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Xavfsizlik choralari talablari

Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlardan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanish so‘raldi.