$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Tungi salqinliklardan iborat quruq kunlar davom etadi

ob havo

Oʻzgidrometning 1-sentyabrgacha e’lon qilgan ob-havo prognozlarida keltirilishicha, sentyabrning 2-sanasiga qadar hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.  

Tuni sovuq kunduzi quruq

Joylarda havo harorati asta-sekin koʻtarilib borib, avgust oxiri va sentyabr boshlarida kunduzgi havo harorati +36 darajagacha koʻtarilib, tungi minimumlar +13 darajagacha oʻzgaradi. Togʻlarda tungi minimum haroratlar +10°C ga pasayadi.

Ob-havoning qishloq xo‘jaligiga ta’siri

Hozirda qishloq xoʻjaligida ayni ob-havo muhiti muhim rol oʻynaydigan vaqt hisoblanadi. Shu sababdan quruq yogʻingarchiliksiz ob-havo muhiti kerak.

Uzumchilik sektori uchun quruq kunlar juda zarur boʻlsa, joriy yozning soʻnggi yozlardan biroz salqin kelishi paxtachilik tarmogʻida defolyatsiya ishlariga kuch berish kerakligini anglatadi.

Chunki, endilikda yozda toʻplangan pastroq foydali effektiv haroratlar yigʻindisi gʻoʻza uchidagi koʻsaklarni sun’iy ochtirishga kuch berish kerakligini anglatadi.

Qoraqalpogʻiston respublikasi, xorazm viloyati:

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30 avgust va 1 sentabrda 28-33°, 31 avgustda 31-36° bo‘ladi. 

Buxoro, navoiy viloyatlari:

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. 

Toshkent, sirdaryo, jizzax, samarqand viloyatlari:

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. 

Qashqadaryo va surxondaryo viloyatlari:

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 32-37° bo‘ladi. 

Andijon, namangan, fargʻona viloyatlari:

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30 avgustda 27-32°, 31 avgust-1 sentabrda 30-35° bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari:

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 30 avgustda 8-13°, 31 avgust-1 sentabrda 10-15°, kunduzi 30 avgust va 1 sentabrda 18-23°, 31 avgustda 20-25° bo‘ladi.