$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Avgust oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Ob-havo

O‘zgidromet sinoptiklari avgust oyiga ob-havo ma’lumotlarini tayyorladi. Avgust oyida O‘zbekistonda harorat foni odatda asta-sekin pasayishni boshlaydi. O‘zbekiston hududi bo‘ylab avgust oyining o‘rtacha oylik harorati iyul oyiga nisbatan 1,5−2,5 darajaga past.

Tarixdagi eng issiq avgust

Avgust oyidagi mutlaq harorat maksimallari ham iyuldagi maksimallardan past. Shunday qilib, Toshkentda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori havo harorati iyulda — +44,6 daraja (bu harorat 1997-yilda qayd etilgan), avgustda esa 43,1 darajani (1944-yil) tashkil qiladi.

Oxirgi 10 yil ichida avgust oyida ob-havo qanday bo‘lgan?

Oxirgi 10 yil ichida avgust oyidagi eng yuqori harorat — +41,8 daraja 2019-yilda kuzatilgan. Respublikaning eng chekka janubida, Termizda eng yuqori harorat iyulda +48,6 daraja (1914), avgustda esa +46,3 darajani (1947) tashkil etadi.

Avgust oyi iqlim xususiyatlari jihatdan iyul kabi issiq bo‘lmasa-da, hali ham juda issiq oy.

Avgust oyida kunduzi havo harorati aksariyat hududlarda +33…+38 daraja, janubiy va cho‘l zonasida +37…+42 daraja issiq bo‘ladi. Issiq havoning eng yuqori cho‘qqisida ayrim kunlarda havo harorati +40…+42, janubiy va cho‘l zonasida esa ba’zi joylarda +43…+45 darajagacha ko‘tariladi.

Avgust oyidagi havo harorati aksariyat hududlarda hech qachon +40 darajadan oshmagan

Biroq avgust oyining ikkinchi yarmida kuzning yaqinlashayotgani seziladi. Salqin havoning kirib kelishi soni ortadi. +40 daraja va undan yuqori haroratli kunlar soni iyulga nisbatan sezilarli darajada kamayadi.

Avgust oyidagi havo harorati O‘zbekistonning aksariyat hududlarida hech qachon +40 darajadan oshmagan, faqat shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida ayrim kunlarda havo +41…+43 darajagacha qizib ketgan yillar bo‘lgan. So‘nggi yillarda bunday avgust 2020, 2021 va 2022-yillarda kuzatildi

Tog‘ tizmalariga yaqinroq joylashgan hududlarda harorat hech qachon +40 darajaga ko‘tarilmagan

Tog‘ tizmalariga yaqinroq joylashgan hududlarda, uzoq muddatli kuzatuvlarga ko‘ra, avgust oyida harorat deyarli hech qachon +40 darajaga ko‘tarilmagan.

Ba’zi yillarda avgust oyida salqin havoning kirib kelishi O‘zbekiston hududi bo‘ylab kunduzi haroratni +25…+30 darajagacha, ba’zan esa undan ham pastroq — +20…+25 darajagacha tushirgan (bu holat 2020 va 2023-yillarda avgust oyining oxirida bo‘lgan).

Avgust oyida yog‘ingarchilik qay darajada bo‘ladi?

O‘zbekistonda avgust yilning eng quruq oyi hisoblanadi. Avgust oyida yog‘ingarchilik juda kam uchraydi — hududning ko‘p qismida o‘rtacha bir kundan uch kungacha kam yog‘adi va o‘rtacha oylik yog‘in miqdori 1−2 mm dan, Farg‘ona vodiysida 3−5 mm dan oshmaydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda tez-tez yog‘ingarchilik bo‘lib, o‘rtacha oylik yog‘ingarchilik miqdori ba’zi joylarda 12−15 mm, Farg‘ona viloyati tog‘lari va Toshkent viloyatining baland tog‘larida 20−22 mm ni tashkil etadi.

Ayrim hollarda eng qurg‘oqchil oyda respublikaning ayrim hududlarida nisbatan jadallikdagi jada yomg‘irlar kuzatilishi mumkin. Shunday qilib, 2020-yil avgust oyi oxirida O‘zbekistonning markaziy hududlarida kuchli jala yomg‘irlar yog‘di, yog‘ingarchilik miqdori 10−34 mm ni tashkil qildi.

Toshkentda o‘sha kuni 17 mm yog‘ingarchilik (oylik normasi 2 mm) bo‘ldi — bu avgust oyida bir kucha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha mutlaq rekorddir.

O‘tgan yili avgust oyi yog‘ingarchilik bo‘yicha g‘ayrioddiy yil bo‘ldi

2023-yil avgust oyi yog‘ingarchilik bo‘yicha g‘ayrioddiy yil bo‘ldi. Uzoq muddatli quruq va biroz issiq havodan so‘ng, 2023-yil 27-iyuldan 31-iyulgacha O‘zbekistonning deyarli butun hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘di. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ldi — sutkalik, to‘g‘rirog‘i, bir necha soat ichida yog‘ingarchilik miqdori avgust oyidagi oylik me’yordan bir necha baravar ko‘p bo‘ldi. Respublikaning ayrim hududlarida kunlik yog‘ingarchilikning tarixiy maksimal miqdori yangilandi.

Eng e’tiborga loyiq rekordlar Sariosiyo meteostansiyasi hududida (Surxondaryo viloyatining tog‘ etaklarida) o‘rnatildi. Oylik me’yor 0,4 mm bo‘lganda 3 soat 10 daqiqada 35 mm, Qo‘qon meterostansiyasi (Farg‘ona vodiysi) hududida oylik me’yor 5 mm bo‘lganda 20 daqiqada 35 mm yog‘ingarchilik bo‘ldi.

Bu yil avgust oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Avgust issiq havo bilan boshlanadi. 1−2-avgust kunlari havo kunduzi +39…+41 darajagacha, janubda +42…+44 darajagacha issiq bo‘ladi.

Keyinchalik jazirama biroz pasayadi, birinchi o‘n kunlik oxirigacha kunduzi havo harorati aksariyat hududlarda +36…+39, janubda ba’zi joylarda +40…+42 darajagacha issiq bo‘ladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo harorati kechasi +22…+25 darajadan +17…+20 darajagacha, kunduzi +35…+38 darajadan +30…+33 darajagacha o‘zgarishi kutilmoqda.

Avgust oyi quruq bo‘lishi kutilmoqda. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yorga atrofida, ba’zi joylarda me’yordan kam bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Oyning uchinchi o‘n kunligining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


Теги :
Jamiyat