$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ob-havoga sun’iy ta’sir: haqiqatmi yoki konspirologik qarash?

yomg

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi energetik muammolarni kuchayishida harorat o‘zgarishlari sababchisi go‘yoki atmosferaga sun’iy ta’sir ko‘rsatish fonida ro‘y berayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda: 

"Oxirgi vaqtlarda yurtimizda tushunarsiz ob-havo bo‘lyapti. Internetga kirib, xorij manbalaridan yashayotgan joyingizning ob-havosini oldindan ko‘rasiz, lekin shu kun kelganda ob-havo umuman oʻzgarib ketyapti. Ob-havo ma’lumotida issiq koʻrsatilsa, sovuq kuzatilyapti yoki qor, yomgʻir yogʻyapti. Shu vaqtgacha havo qizishi kerak edi. Yurtimizda ob-havoning oʻzgarib borayotganining asl sababi Qatardan, Xitoydan keltirilgan texnologiyalar asosida qilinayotgan "Ob-havoga sun’iy ta’sir qilish metodi" hisoblanadi.

Bu yozayotganlarim kospirologik qarash emas, haqiqat. Bunda ko‘pincha kumush, yodid, xladoreagentlar, gidroskopik vositalardan foydalaniladi. Masalan bu metodning: bulutlarni ekish, yomgʻir-qor yogʻdirish, havoni salqin, sovuq, issiq qilish kabi turlari bor. 

Moskvada bayram kunlarida bulutlarni haydash usulidan foydalaniladi. Shu orqali qulay ob-havo yuzaga keltiriladi. Bizning tashkilotdagilar esa  noqulay sovuq ob-havoni joʻrttaga yuzaga keltirib sun’iy ravishda energiya inqirozi yuzaga kelishiga yordamlashishyapti. 

Sovuq ob-havo natijasida gaz zapravkalar ishlashida, aholini tabiiy gaz, elektr bilan ta’minlashda muammolar sun’iy ravishda yuzaga keltirilyapti. 

Yana bir narsa: bizning aloqa kompaniyalarimizda eng koʻp sms MCHSdan keladi. Lekin berayotgan ob-havo ma’lumotlari sira ham toʻg‘ri chiqmaydi. Chunki rahbarlar bosim qilib, yolg‘on ma’lumot berasan, deb buyurishmoqda".

O‘zbekiston ushbu texnologiyadan foydalangan, faqat... 

Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi, rasmiylar javobi kutildi. O‘zgidromet mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi haqida o‘z munosabatini berib o‘tdi. 

Aytilishicha, bu texnologiyadan O‘zbekistonda oxirgi marta 2005-yil bayram kunlarida qulay ob-havo sharoitlarini yaratish maqsadida foydalanilgan. Bu texnologiyani asosiy vositalari xorijdan import qilinishini inobatga olib, iqtisodchilar tomonidan ma’qul ko‘rilganda amalga oshiriladi. 

Mutaxassis nima deydi?

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov ham ushbu bahsli masalaga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi: 

"Atmosferadagi o‘zgarishlar, boshqacha aytganda, ba’zan mavsumga xos bo‘lmagan turli ob—havo sharoitlari kuzatilishi bu dunyodagi iqlim o‘zgarishi samarasidir.  

Sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bilan bog‘liq atmosferaga ta’sir ko‘rsatish nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqada ham hali amaliy boshlanmagan (o‘tgan asrning 70-90 yillari inobatga olinmasa). Qor ko‘chishi oldini olish yoki bahor-yoz mavsumida do‘l yog‘ishi oldini olish uchun qo‘llanilayotgan "Alazan" snaryadlarini havoga otish amaliyotlari bu havo oqimlari trayektoriyasini sezilarli o‘zgartirish kuchiga ega emas.  

Ammo, ushbu yo‘nalishda ilmiy sfera tomonidan chuqur ilmiy izlanishlar, mintaqa sharoiti, suv taqchillik prognozlari, iqtisodiyotidan kelib chiqib, turli uslubiyatlar ishlab chiqish ustida bosh qotirilmoqda.  

Chunki, kelgusida mintaqaning tekislik hududlari, xatto tog‘ etaklari va tog‘larda ham sun’iy yomg‘ir va shunga o‘xshash boshqa atmosferaga ta’sir ko‘rsatish jarayonlariga extiyoj yuqori bo‘ladi. 

Albatta, mazkur jarayonlar mintaqada mamlakatlar kelishuvi, tinchlik yo‘lida amalga oshiriladi. Bu bo‘yicha jahon miqyosida majburiyatlar mavjud.

Qissadan hissa

Qissadan hissa shuki, O‘zgidromet yoki boshqa tuzilmalar atmosferaga qandaydir ta’sir ko‘rsatib, energetik muammolarni keltirib chiqarayotgani to‘g‘risidagi xabarlar bu hech qanday asoslarga ega emas. 

Chunki, zamonaviy iqlim modellari so‘nggi yillar 2-3 kunlik ob-havo prognozini yuqori aniqlikda taqdim etmoqda. Bu "atmosferaga ta’sir ko‘rsatib, ob-havo sharoitlari o‘zgartirilyapti" degan konspriologik fikrlarni nolga aylantiradi, - deydi mutaxassis.