$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Kimlarga nok iste’mol qilish mumkin emas?

nok

Kuz va qish oylarida nok o‘simlik tolasi va ozuqaviy moddalarga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondiradi. Nok ovqat hazm qilish tizimini va qondagi shakar miqdorini tartibga soladi, uning po‘stidagi antioksidantlar surunkali kasalliklar bilan bog‘liq yallig‘lanishga qarshi kurashadi. Ushbu mavsumiy meva tarkibida B2, C, E vitaminlari, mis, kaliy kabi mikroelementlar va pektin mavjud. Qiziqarlisi, nokdagi pektinlar miqdori olmanikidan ko‘proq.

Nokning salomatlik uchun foydalari

Ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi. Nokdagi eruvchan va erimaydigan o‘simlik tolalar mavjud, kunlik ehtiyojning taxminan 20% ni o‘z ichiga oladi. Ular hazm tizimida ishtirok etadi, qabziyatning oladi va davolaydi. Shuningdek, mazkur meva ichak mikrobiomasining rivojlanishiga yordam beradi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va ruhiy salomatlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qand kasalligi xavfini kamaytiradi. 200 mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etgan meta tahlil natijalariga ko‘ra, muntazam olma va nok iste’moli 2-toifali qand kasalligi rivojlanish xavfini 18% ga kamaytiradi. Haftada bir marta olma yoki nok yeyish 2-toifa diabet xavfini 3% ga kamaytiradi. Bunga sabab nok tarkibidagi flavonoid antioksidantidir.

Yallig‘lanishning oldini oladi. Nok po‘stlog‘ida antioksidant va yallig‘lanishga qarshi birikmalar, jumladan, fenol kislotalar, flavonoidlar va triterpenlar mavjud. Ular erkin radikallarni zararsizlantiradi, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, Alsgeymer, Parkinson kabi kasalliklar bilan bog‘liq yallig‘lanishning oldini oladi.

Yurak-qon tomir tizimini yaxshilaydi. 2019-yilgi kardiometabolik tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuniga ikkita nok iste’mol qilganlar bir xil kaloriyali ichimlik ichganlarga qaraganda yaxshiroq natija bergan. Ishtirokchilar orasida metabolik sindromi mavjud, 2-toifa qand kasalligi va yurak-qon tomir xastaliklariga chalingan o‘rta va katta yoshli insonlar bo‘lgan.

Vazn kamaytirishga yordam beradi. Bu Florida shtati universiteti olimlari guruhi tomonidan tasdiqlangan. 12 hafta davom etgan nazorat ostidagi sinovda 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar erkak va ayol ishtirok etdi. Muntazam ravishda ikkita o‘rtacha nokni iste’mol qilganlar, bir stakan kaloriya tarkibidagi ichimlik ichgan nazorat guruhiga qaraganda sezilarli darajada vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi. Olimlarning ta’kidlashicha, nokning parhez ta’siri kaloriya iste’molining kamayishi bilan emas, balki metabolizm bilan bog‘liq.

Nokning ozuqaviy qiymat yuqori

Nok tarkibida uglevodlar, o‘simlik tolalari, vitaminlar va minerallar serob. AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) ma’lumotlariga ko‘ra, bitta o‘rtacha kattalikdagi nokning (178 gramm) ozuqaviy qiymati quyidagicha:

  • kaloriyalar: 101
  • yog‘: 0,25 gramm
  • natriy: 1,78 milligramm
  • uglevodlar: 27,1 gramm
  • o‘simlik tolasi: 5,52 gramm (kunlik normaning 20%)
  • qo'shilgan shakar: 0 gramm
  • oqsil: 0,64 gramm
  • mis: 0,15 milligramm (kunlik normaning 16%)

Nokda eng ko‘p uchraydigan mikroelement mis bo‘lib, u energiya ishlab chiqarish, temir almashinuvida ishtirok etadigan turli fermentlar uchun muhimdir.

Qanday hollarda nok iste’mol qilish mumkin emas?

Umuman olganda nok xavfsiz meva, ammo bir nechta istisno holatlar mavjud: Nokda ko’p kislota va o‘simlik tolalari mavjudligi tufayli ovqat hazm qilish buzilishi, diareya, qorin dam bo‘lishi mumkin. Quyidagi holatlarda bir kunda faqat 1-2 dona iste’mol qilishga ruxsat etiladi:

  • oshqozon-ichak kasalliklarida;
  • ovqat yeb bo’lgandan so‘ng 2-3 soatdan keyin;
  • suv yoki sut ichib bo’lgandan bir necha soatdan so‘ng.

Shuningdek, nokka allergiyasi borlar va oshqozon yarasidan aziyat chekuvchilarga nokni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Nega och qoringa nok iste’mol qilish mumkin emas?

Bularning barchasi nokni ovqat hazm qilishda yordam beradigan tola tarkibiga bog‘liq. Gap shundaki, dag‘al tolaga boy mahsulotlar och qoringa iste’mol qilinsa, oshqozon va ichakning shilliq qavatini bezovta qiladi. Bu qorin og‘rig‘ini, spazm va tabiiy ichak harakatini oshirishi mumkin.

Теги :
Salomatlik