$
 12014.48
-39.55
 13858.70
-73.35
 166.61
-0.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Tunda shovqin qilganlik uchun qancha jarima to‘lanadi?

positive

Bunga 192-modda bilan javobgarlik belgilangan.

Vaqtlar oralig‘i

Agarda siz tungi vaqtda, soat 23:00 dan 06:00 ga qadar fuqarolar osoyishtaligini buzsangiz jarimaga tortilasiz.

Qanday holatlarda?

Belgilangan vaqtlar oralig‘ida fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish sizga nisbatan jarimani "naqd" qiladi.

Jarima miqdori

Bu kabi holatlarda fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima belgilanishi mumkin.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat