$
 12758.36
-19.76
 14820.11
-111.12
 163.34
-0.67
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida o‘zbekistonlik qiz 1-o‘rinni egalladi

positive

Nemis tili olimpiadasi

Joriy yilning 15–22-iyul kunlari Germaniyaning Gyottingen shahrida nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasi o‘tkazildi. Berlindagi Gyote instituti ma’lumot berishicha, olimpiada finalida 62 mamlakatdan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ziyod ishtirokchi kurash olib borgan.

Olimpiada Oltin medaliga bir yo‘la uch qatnashchi loyiq topildi:

– Rayyona Ibrohimova, O‘zbekiston;

– Mahek Xon, Bangladesh;

– Ana Kotevska, Shimoliy Makedoniya.

10-sinf o‘quvchisining katta yutug‘i

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Buyuk Britaniya maktablari o‘quvchilariga nasib etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rayyona Ibrohimova Andijon shahridagi 4-maktabning 10-sinf o‘quvchisi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham Rayyona Ibrohimova bilan uchrashib, noutbuk bilan taqdirladi.

"Bugun Rayyona, uning onasi va ustozi bilan uchrashib, hammalarini ulkan yutuq bilan samimiy tabrikladik. Farzand muvaffaqiyatida aynan ota-onalarning xizmati beqiyos bo‘lgani uchun Rayyonaning onasiga Tashakkurnoma taqdim etdik", -deb yozdi vazir.

Теги :
Jamiyat