$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 11-yanvar voqealari

Qora 11-yanvar

 Bo‘stonliqda qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirib ketildi

Bo‘stonliq tumani Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Axsarsoy hududida nazorat reyd tadbirlari olib borildi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, reyd davomida hududda hayvon terisi topilgan. Ashyoviy dalil Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tomonidan o‘rganilganida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘iga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lgan.

O‘rganish davomida ayiq noma’lum shaxslar tomonidan qo‘lbola sirtmoq yordamida o‘ldirilgani, terisi qoldirilib, boshqa qismlari olib ketilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent viloyati IIBBga yuborilgan. Aniqlik kiritilgach, qonuniy tartibda tegishli chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Noqonuniy “mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi, DXX va IIB kiberxavfsizlik markazi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. Qarshi shahri “Oqtepa” MFY hududidagi xonadonida 3 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 372 mln. so‘mlik elektr enargiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Namanganda prokurorning katta yordamchisi pora olayotgan paytda qo‘lga olindi

Namangan viloyati Chortoq tumani prokurori katta yordamchisi 2,4 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prokurorining katta yordamchisi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 5 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasini belgilashda soxta hujjatlar tayyorlab berganligi yuzasidan taqdim qilingan materiallarni o‘rganib chiqib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 3000 AQSH dollari talab qilgan.

Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘idan 2400 AQSH dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

20 ming AQSh dollari bilan yana bir shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida 20 ming AQSh dollari qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, tadbirda А.R. Buxoro tumani “Ko‘chk‘umar” mahallasi hududida joylashgan MChJga ijara huquqi asosida ajratilgan 278 gektar suv havzalaridan iborat ob’ektning 4 gektar qismini 280 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelgusida mansabdor tanishlari orqali alohida mulk sifatida hujjat rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan puldan 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Теги :
Jamiyat