$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 7-avgust voqealari

Qora 7-avgust

 Navoiyda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota choyxonadan topildi

Ikki farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan erkak 3 oy oldin qidiruvga berilgan bo‘lgan. U Navoiy shahridagi choyxonada spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganida ushlangan. Sud qarori bilan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.

Yong‘in oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan daraxtlar

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 100 kv. metr ochiq maydonda qurigan o‘tlar sabab yong‘in yuzaga keldi. Oqibatda hududda mavjud daraxtlar jiddiy zararlandi. Tergov boshlandi, zarar miqdori aniqlanmoqda, deb yozdi tuman hokimligi. Ayni damda yong‘in oqibatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, ekologiya xodimlari tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Toshkent shahriga kirib kelayotgan Lacetti rusumli avtomashinasida taqiqlangan modda borligi aniqlandi

2024-yil 7-avgust kuni soat 02:00 larda Chilonzor tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori serjant R.G’ofurov va Kinologiya safdor xodimi K.O’rolovlar tomonidan Lacetti rusumli avtomashina toʼxtatilib tekshirilganda haydovchi M.K. ismli shaxsning koʼrinishi va xatti-harakatlari, xodimlarda shubha uygʼotgan. Xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina salonidan jigar rangli, o‘tkir hidli mumsimon modda topilgan.

Tuman “elektr tarmog‘i” boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.B. firibgarlik ustida qo‘lga tushdi.

Xabar qilinishicha, tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbariga go‘yoki ETK xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda elektr ta’minotidan 7,8 mln so‘m qarzdorlik hisoblanganligini aytib, ushbu qarzdorlikni kamaytirib berishi evaziga 4 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Malibu hamda Nexia orasida YTH

Joriy yilning 7-avgust kuni soat 05:20 larda Chilonzor tumani Zargarlik-Shirin ko‘chalari chorrahasida Malibu-2 rusumli avtomashinasi hamda Nexia-1 rusumli avtomashinalari ishtirokida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan.

 YTH natijasida Nexia-1 rusumli avtomashina haydovchisi va Malibu-2 rusumli avtomashina yo’lovchisi tan jarohat olgan.

Теги :
Jamiyat