$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 30-avgust voqealari

Qora 30-avgust

 Fargʻonada Gentra haydovchisi rulda uxlab qoldi

Rulda uhlab qolgan haydovchi YTH sodir qildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Margʻilon shahridagi “Fargʻona xalqasi” avtomobil yoʻlida “Jentra” haydovchisi uxlab qolib boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl chetidagi daraxtlarga borib urilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Voqea joyiga Margʻilon shahar IIB YHXB xodimlari chiqishgan

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Universalbank” jarimaga tortildi

“Universalbank” ATBga nisbatan moliyaviy jarima jazosi qo‘llanildi. Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Universalbank” ATB tomonidan e’lon qilingan “Sarmoya 25” nomli omonat turi reklamasida ushbu omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 25 foizni tashkil etishi haqida axborot berilganligi kuzatildi.

Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, bank tomonidan taklif etilayotgan “Sarmoya–25” omonatning shartlariga ko‘ra, omonatning muddati 18 oy bo‘lib, yillik foiz stavkasi 22 % tashkil etishi, foizlar har oyda to‘lanishi va kapitalizatsiya qilinmasligi holati ma’lum qilingan. Bundan tashqari omonat turi yuzasidan boshqa muhim ma’lumotlar (omonat muddati, omonat kiritishning eng kam miqdori va boshqalar) berilmaganligi holatlari aniqlandi.

Farg‘onada Spark simyog‘ochga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Farg‘ona shahrida Spark avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Holat 29-avgust kuni soat 03:30 atrofida Qirgili mavzesida sodir bo‘lgan. 19 yoshli haydovchi T.A. boshqaruvidagi Spark avtomobilini boshqarib ketayotib, keskin tormoz bosishi sababli boshqaruvni yo‘qotgan.

So‘ngra yo‘l chetida beton simyog‘ochga urilgan. Oqibatda avtomobil yo‘lovchilari – 19 yoshli Q.M. va Yu.A. hamda 18 yoshli E.Sh. va N.F. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan avtomobilda bo‘lgan ikki nafar 19 yoshli yo‘lovchi vafot etgan.

Samarqand viloyatidagi 3 ta savdo do‘konidan 10 202 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, Payariq va Narpay tumani bo‘limlari va IIB xodimlari hamkorligidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “M.B.”, "Y.S" va “I.” MCHJlarga qarashli savdo do‘konlari sotuvchilari xaridorlarga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu savdo do‘konlaridan umumiy bahosi 334 mln so‘mlik turli nomdagi jami 10 202 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Жамият