$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 28-avgust voqealari

Qora 28-avgust

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro G.D. “Qorako‘l” MFY hududidagi dorixonada norasmiy faoliyat yuritib, fuqaro M.X.ga 100 dona “Gabapentin kanon” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 250 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonada 623 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “J.I.” MChJga qarashli dorixonasi sotuvchisi B.S. fuqaro J.N.ga shifokor retseptisiz tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 2 quti «Benzanol» nomli dori vositasini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 300 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti hayotdan ko‘z yumdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va e’tirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Sadikovich Yuldashev bugun, 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.

Toshkent xalqaro aeroportida 1,5 mlrd. so‘mlik tilla soatni olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 24 avgust kuni soat 02:40 atrofida “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan «Dubay-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tegishli tartibda tekshirilgan.

Natijada unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, deklaratsiyalanmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, qiymati 1 mlrd. 540 mln. 260 ming so‘mlik 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan, oq rangli toshlar bilan bezatilgan “Patek Philippe Geneve” yozuvli qo‘l soati borligi aniqlangan.

Andijonda bolasiga aliment bermagan otaning uyidan sementlari olib ketildi

Boʻston tumanida yashovchi erkak bir nafar farzandi taʼminoti uchun Yu.T. foydasiga aliment toʻlab bermayotgani aniqlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Yigʻilib qolgan 7,4 million soʻm aliment qarzdorligini undirish maqsadida qarzdorning uyiga borilgan. Uyida qurilish qilish uchun 2 tonnadan ziyod sement mahsuloti olib qoʻygani aniqlandi. Ijro harakatlari davomida farzandi uchun aliment toʻlashdan boʻyin tovlab yurgan otaning 41 qop sementi tegishlicha xatlab qoʻyildi.

Теги :
Jamiyat