$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 26-avgust voqealari

Qora 26-avgust

Fargʻonada erkaklar mashinadan oyogʻini chiqarib harakatlangandi

Fargʻonada yoʻl harakati qoidalarini buzib harakatlangan haydovchi va yoʻlovchilar tegishli chora koʻrildi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati maʼlum qildi.

Videodagi holatga koʻra, haydovchi va yoʻlovchi mashinadan oyogʻini chiqarib harakatlangan.

Amaldagi yoʻl harakati qoidalarining 11-bandiga koʻra harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi. Bunday harakatni sodir etish bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Toshkentda kiyim do‘koniga o‘t ketdi

25-avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, yong‘in soat 21:06 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida kiyim do‘konining ichki qismi 15 kv.m. maydonda yongan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q, deyiladi Toshkent shahar FVB xabarida.

Yog‘ ishlab chiqarish sexidan 1,6 mlrd. so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, Izboskan tuman bo‘limi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F.s.”, “A.i.”, “A.V.” va “A.l.” MCHJlar rahbari A.T. Izboskan tumani, “Qo‘g‘ay” MFY hududidagi yog‘ ishlab chiqarish sexida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,6 mlrd. so‘mlik 65 turdagi jami 74 577 dona alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko‘ra, 1 052 dona alkogol mahsulotining aksiz markalari qalbakiligi, 72 268 dona alkogol mahsuloti iste’molga yaroqsiz ekanligi, shuningdek Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi “A-sh.”, “B.g.” hamda “Z.v.” MCHJlardan sotib olingan 29 turdagi 31 060 dona alkogol mahsulotining “QR-kod” markirovkalari haqiqiy emasligi qayd etilgan.

400 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.N.” fermer xo‘jaligi rahbari X.X. xo‘jalik yer maydoniga o‘rnatilgan suv nasosining elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 139,9 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Gʻozg‘on shahri va Qiziltepa tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu hududlardagi “M.S.” MCHJ hamda “Q.Q.” va “F.O.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 266,8 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat