$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 25-avgust voqealari

Qora 25-avgust

Rossiyada amaldorlarga Telegram’dagi rasmiy yozishmalarini o‘chirish buyurildi

Rossiya hukumati, prezident administratsiyasi mutasaddilari, Mudofaa vazirligining yuqori amaldorlari va ayrim rossiyalik tadbirkorlar ham xuddi shunday ko‘rsatma olgan. Ba’zi amaldorlar bunday ko‘rsatma olmagani, lekin ularni ish haftasi boshida kutishayotganini aytgan.

Telegram asoschisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olingani haqida xabarlar paydo bo‘lgandan so‘ng, Rossiyaning ba’zi harbiy mavzudagi kanallari messenjer urush paytida rossiyalik harbiylar tomonidan faol foydalanilayotganini ta’kidladi.

Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 405 kishiga yetdi

2023-yil 7-oktabrdan beri Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 40,4 mingdan oshdi, 93 mingdan ortiq kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Gʻazo Sog‘liqni saqlash vazirligi.

“Isroilning Gʻazo sektoridagi tajovuzi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 7 oktabrdan beri 40 ming 405 kishiga yetdi”, — deyiladi xabarda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, so‘nggi 24 soat ichida Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga uchta zarba bergani, natijada 71 kishi halok bo‘lgani va 112 kishi jarohatlangani haqida ma’lum qildi.

Amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlik qilinayotgan ikki nafar qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Avvalroq, Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi ayol murojaat qilib, ota-onasi vafotidan so‘ng 2 nafar singligisiga vasiylik qilib, ularga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etayotgan amakisiga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida qizlarga jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan R.R. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan va unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bolalar ombudsmanining Qozog‘iston Bolalar ombudsmani bilan birgalikda samarali hamkorligi natijasida voyaga yetmagan I.A. va S.R. larga Olmaota shahri adaptatsiya markazida barcha zaruriy ijtimoiy-psixologik ko‘mak ko‘rsatildi.

Jinoyat ishi doirasidagi ular bilan bog‘liq barcha tergov harakatlari o‘tkazilib bo‘lganidan so‘ng joriy yilning 24-avgust kuni qizlar O‘zbekistonga qaytarildi va Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.

Kiberxavfsizlik markazi ogohlantiruv bilan chiqdi

So‘ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda hamda telegram messenjerida “Onlayn ish sharoitlari “Alhamdulillah” Telegram kanaliga o‘ting” deya ta’kidlanib, internet foydalanuvchilariga tez fursat ichida mo‘may daromad olishni va’da qilib, virtual firibgarlik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar tomonidan xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

“Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi Kiberxavfsizlik xabarida.


Теги :
Jamiyat