$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 24-avgust voqealari

Qora 24-avgust

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, 24-avgust (Toshkent vaqti bilan) soat 01:33 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari: 39,82 daraja shimoliy kenglik; 71,39 daraja sharqiy uzunlik.

Magnituda M = 4,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 244 km janubi-sharqda joylashgan.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi va masofasi:

So‘x tumani — 2-3 ball, 37 km.

Farg‘ona tumani — 2 ball, 61 km.

Rishton tumani — 2 ball, 62 km.

Farg‘ona shahri — 2 ball, 71 km.

Quvasoy shahri — 2 ball, 72 km.

Oltiariq tumani — 2 ball, 72 km.

O‘zbekiston tumani — 2 ball, 73 km.

Bag‘dod tumani — 2 ball, 76 km.

Marg‘ilon shahri — 2 ball, 76 km.

Pul evaziga haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R. fuqarolar S.M. va K.G‘.ning ishonchiga kirib, haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlaridan tanishlari orqali o‘tkazib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.X. 4 nafar fuqaroga 18 mln. so‘m evaziga go‘yoki Andijon viloyat YXHBda ishlovchi tanishlari yordamida “V.” “S” va “Ye” toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishini va’da qilib, oldindan 9 mln. so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshkent viloyatida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga qamaldi

Suv ta’minot korxonasi bilan ikki tomonlama shartnoma tuzmasdan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib foydalangani uchun Yangiyo‘l tumanida faoliyat yurituvchi “HTB-AS invest” MCHJ korxonasiga 294 511 319 so‘m hisob-kitob qilingan.

Ushbu xatti-harakat uchun “HTB-AS invest” MCHJ rahbari A.X. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yil 1 oy muddatda ozodlikdan mahrum qilindi.

Shuningdek, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobar miqdorida, ya’ni 45 000 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Sirdaryoda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.K. fuqaro M.I.ga jami 3 300 AQSH dollarini 41,9 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Chortoq va To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.T. va A.U. jami 6 000 AQSH dollarini 76,1 mln. so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushishgan.

Samarqandda mast haydovchi uy darvozasiga borib urildi, halok bo‘lganlar bor

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida “Lacetti” avtomobili ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Voqea 17-avgust kuni sodir bo‘lib, mast holatda bo‘lgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, xususiy uy darvozasiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan ikki keksa yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, yana ikki nafari jarohatlangan.

Теги :
Jamiyat