$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 16-avgust voqealari

Qora 16-avgust

О‘zbekistonlik haydovchi uchta avtomobilni hojatxona qog‘ozi sifatida chegaradan o‘tkazishga harakat qilgan

10-avgust kuni “Medininkay” nazorat-o‘tkazish punktida Litva bojxonachilari uchta Toyota Land Cruiser avtomobilini О‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olindi. Bu haqda Litva bojxona boshqarmasining matbuot xizmati xabar beradi.

О‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi MAN yuk mashinasini ko‘zdan kechirish chog‘ida haydovchi 720 kg tualet qog‘ozini olib ketayotganligini ma’lum qilgan. Biroq rentgen tekshiruvi yarim tirkama ichida uchta avtomobil borligini aniqlagan. Haydovchi bu topilmadan hayratda qolgan va yashirin yuk haqida bilmaganini da’vo qilgan.

Shahrisabzda 9 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, bojxona va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz shahri "Sariosiyo" MFY da joylashgan qurilishi tugallanmagan bino hovlisida turgan “Isuzu” rusumli avtomashina yuk xonasi ko‘zdan kechirilganida fuqaro B.A. umumiy bahosi 168,5 mln. so‘mlik 6 turdagi jami 9 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini kelgusida viloyat bo‘ylab o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Toshkent aeroportida 20 yoshli qizni aldab, Dubayga fohishalikka yuborayotgan erkak ushlandi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Angren shahrida yashovchi 2004-yilda tug‘ilgan yigit A.R. oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan 20 yoshli qiz S.T.ni aldab, uni mo‘may daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubayga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Maʼlumotga ko‘ra, yigit yosh qizni jo‘natayotgani uchun Dubayda yashovchi ayoldan 2 000 dollar miqdorida pul olgan.

Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Olmaliq shahridagi “Korzinka” savdo majmuasi avtoturargohida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Yu. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi O‘sh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Теги :
Jamiyat