$
 12658.19
-100.17
 14672.11
-148.0
 161.44
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 11-avgust voqealari

Qora 11-avgust

Toshkent viloyatida 3,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 11.08.2024 04:56 da (10.08.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 23:56 da) zilzila sodir bo‘ldi.

Epitsentr: Toshkent viloyati, Parkent tumani. Zilzila koordinatalari: 41,42 gradus shimoliy kenglik; 69,97 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=3,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 65 km shimoliy-sharqda.

Rossiyada 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi

Rossiyada 15 nafar o‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ushlab turilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tarqalgan xabarda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Odintsova shahar okrugidagi 5-politsiya bo‘limida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi to‘rt kundan ortiq vaqt davomida noqonuniy ushlab turilgani aytilgan. Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida 8-avgustda elchixonasi konsullik bo‘limi xodimlari Moskva viloyati Odintsova shahar okrugidagi bo‘limiga tashrif buyurgan.

Uchrashuv davomida politsiya bo‘limida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi, ular Rossiya ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Odintsova shahar okrugida o‘tkazilgan reyd natijasida hibsga olingani aniqlandi.

Telegramda takroran virus tarqalmoqda

Firibgarlarning maqsadi:

- Pul mablag‘laringizni o‘zlashtirish;

- Shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish;

- Akkauntingizni egallab olish,

(ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olish)

- Sizning nomingizdan kontaktlaringizga turli xil ko‘rinishlarda zararli havolalar tarqatish.

Kartadan yechib olingan pullar kredit uchun bo‘lib chiqdi

Farg‘ona viloyatida yashovchi T.M. murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum sabablarga ko‘ra 1,5 mln. so‘m pul mablag‘lari yechib olinganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, T.M.ning pul mablag‘lari oylik mikrokredit to‘lovini vaqtida amalga oshirmaganligi sababli o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasidan 1,5 mln. so‘m miqdoridagi pullar bank tomonidan yechib olinganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 1-bandiga asosan tugatildi.

Теги :
Jamiyat