$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 10-avgust voqealari

Qora 10-avgust

Buxoroda ikki yigit yurib ketayotgan Damas'ning tomiga chiqib oldi

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i kapitan Ulug‘bek Shukurlayevning bildirishicha, Damas ustida hayotini xavfga qo‘yib, o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan yoshlar xatti-harakati sudda ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda havoning issiq kunida 2 nafar o‘g‘il bolaning o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan holda, yetmaganiga, orqa yo‘nalishdan kelayotgan avtomashinalar haydovchilariga qo‘l silkib, oyoqlarini osiltirgan ko‘yi Damas avtomashinasi ust yukxonasi ustida ketayotgani videosi tarqalgan.

Romitan tumani hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 236-kilometrida Damas rusumli 80 R 416 WA davlat raqam belgili transport vositasi bilan bog‘liq bo‘lgan vedeo tasvir bo‘yicha Buxoro viloyati IIB JXX YHXB tomonidan surushtiruv harakatlari olib borilgan.

Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qamaldi

Andijon viloyatining Qorasuv shahrida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan A.D. sinfdoshi Sh.J. bilan o‘zaro til biriktirib, 2023-yilning avgust oyida Qirg‘iz Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslar tomonidan O‘zbekiston hududiga davlat chegarasi orqali noqonuniy o‘tkazilgan 87 turdagi “Fokusin”, “Dopegit”, “Kogitum”, “Erinit” va boshqa dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtlarida DXX hamda bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xulosasiga ko‘ra, dori vositalarining umumiy qiymati 1 616 802 000 so‘mni tashkil qilgan.

YPX inspektorlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

2024-yil 10-avgust kuni Toshkent shahar IIBBning Yagona tezkor boshqaruv markazi tomonidan tushgan tezkor habarga ko'ra Yashnobod tumandagi savdo markazlaridan birida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib rasmiy qidiruvda bo'lgan fuqaro 1987 yilda tug‘ilgan T.P. ko'rinish berganligi haqida shaxsiy tarkibga habar beriladi. Zudlik bilan Toshkent shahar, Yashnobod tumanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX inspektorlari katta leytenant D.I.Xikmatov va safdor S.O.Toshkenboyevlar voqea joyiga yetib borib qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo‘lga oladilar.   

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro T.P. Yashnobod tumani IIO FMBga topshirildi.

Nexia va Cobalt ishtirokida YTH

Joriy yilning 10-avgust kuni soat 09:40 larda Yashnobod tumani Elbek ko’chasida haydovchi 1968-yilda tug’ilgan A.X. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasi hamda haydovchi 1997-yilda tug’ilgan I.T. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinalari ishtirokida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan.

 YTH natijasida Nexia-2 avtomashinasining 2 nafar yo’lovchisi tan jarohat olgan.

Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi, va Milliya gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 150 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 39,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 12 424 AQSH dollari, 200 Yevro, 9 600 Turk lirasi, 138 945 Rossiya rubli, 368 500 Qozoq tengesi va 500 ming so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat