$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 31-iyul voqealari

Qora 31-iyul

Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.E fuqaro N.H.ning ishonchiga kirib, unga Baxmal tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 0,17 gektar qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli yer maydoni sifatida ko‘rsatib, ushbu yer maydonini 119 mln so‘mga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, kelishilgan pullar hisobidan 8 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qo‘yliqdagi "ovqat bozori" sanitariya qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi sabab yopildi

Joriy yilning 30-iyul kuni Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo‘limi hamda tegishli tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘yliq dehqon bozorida kuchaytirilgan reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Reyd tadbiri davomida bozorda joylashgan ovqat sotish shoxobchasida sanitariya qoidalari qo‘pol ravishda buzilayotgani, bir necha marotaba ogohlantirishlar va targ‘ibot ishlari o‘tkazilishiga qaramasdan ob’yektda holat o‘zgarishsiz qolgani aniqlangan. Natijada "ovqat bozori"ning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 150 kg banan, 21kg turli xildagi salatlar, 45 litr sut hamda 32 kg pishirilgan taomlar yaroqsizligi tufayli savdodan olinib, yo‘q qilish choralari ko‘rilgan.

Qirg‘izistonda 15 kg narkotikni O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qirg‘izistonning Botken viloyati Qizil-Qiya shahrida joriy yilning 21-iyul kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan xalqaro narkotik guruhi a’zosi, D.M. 15 kg gashish moddasini O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Qirg‘iziston MXDQ Matbuot xizmati.

Xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, departament Tojikiston-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro narkotik kanalini tashkil etgan uyushgan jinoiy giyohvandlik guruhini ishlab chiqqan.

Qo‘lga olingan shaxsdan umumiy og‘irligi 15 kilogramm, bozor qiymati 6,5 million som (qirg‘iz valyutasida) bo‘lgan 15 dona nasha (gashish) briketi olingan.

Xorijiy fuqaro giyohvand moddalarni sotish maqsadida O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatiga olib o‘tishni maqsad qilganligi aniqlandi.

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar J.S. va Z.X. fuqaro A.J.ga jami 3 700 AQSH dollarini 47 mln. so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buloqboshi tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.M. fuqaro D.Q.dan jami 3 000 AQSH dollarini 37,7 mln. so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, 1 600 AQSH dollari va 43,7 mln. so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat