$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 30-iyul voqealari

Qora 30-iyul

 Surxondaryoda toshbaqaga nos chektirganlarga jazo tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasiga majburiy ravishda nos chektirgani haqida xabar tarqaldi. Ekologiya vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida yuqoridagi holat Denov tumani “Yangikuch” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar H.N. va M.N. tomonidan aprel oyi boshlarida sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.

Ya’ni H.N. ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga joylash uchun mahallasidagi dashtlikdan toshbaqani ushlab, nos chektirgan.

Holat yuzasidan ikki nafar fuqaroning har biriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga asosan BHMning 3 barobari — 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

311,5 mln. so‘mlik hujjatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotuvga qo‘ygan dorixona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi, DXX va viloyat bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda yakka tartibdagi tadbirkor J.A. tegishli tartibda litsenziya olmasdan Qarshi shahri A.Oripov ko‘chasida o‘zboshimchalik bilan dorixona tashkil qilib, dorixonada tegishli hujjatlari bo‘lmagan 269 turdagi 311,5 mln. so‘mlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Singlisining sinfdoshini "samosud" qilgan erkak qamaldi

Samarqandda maktab o‘quvchisi qiz sinfdoshining akasi tomonidan "samosud" qilingani uchun Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Kecha, 29 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudida mazkur holat yuzasidan sud ishi ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi A.Q. aybdor deb topildi va unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Xorijga yuborishni va’da qilgan shasxning yonidan qalbaki pullar chiqdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida “L.” nomli “Hostel” oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijiy davlat fuqarosi M.S. firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro Z.A.ni Angliya davlatiga borishi uchun 850 AQSh dollariga viza olib berishini aytib, shundan 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, M.S.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan 84 dona 100 AQSh dollalarik kupyuradagi qalbaki 8 400 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat