$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 29-iyul voqealari

Qora 29-iyul

Samarqandda 47 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro V.I. fuqarolar E.X. va B.B.ning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 4500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, tadbir davomida 1,2 mln so‘m va 700 AQSh dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro V.I. 47 nafar fuqaroni yuqoridagi kabi aldab, chet davlatlarga ishga yuborishi evaziga jami 37 160 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Yakkasaroy tumani “pasport stol” boshlig‘i 7 yilga qamaldi

2022-yil aprel oyidan 2023-yil mart oyiga qadar Yakkasaroy tumani IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan shaxs Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolariga pul evaziga noqonuniy tarzda ID karta hamda “qizil pasport” rasmiylashtirib bergan. U “xizmati” uchun jinoiy sherigi bilan birgalikda 15 ming AQSh dollarigacha pul olgan.

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan va ushbu mahsulotlarni yetkazuvchi shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “L.A.” MCHJ savdo do‘koni sotuvchisi D.I. xaridorga aksiz markasiz 1 litr hajmdagi xorijda ishlab chiqarilgan 2 dona alkogol va tamaki mahsulotini 1,4 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan umumiy bahosi 573 mln. so‘mlik turli nomdagi 325 dona alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Muzrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda YATT “Q.S.”ning sotuvchisi G.J. fuqaro A.A.ga 100 dona 0,45 litr hajmdagi “Shaxrisabz” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini 3 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Savdo do‘koniga ushbu mahsulotlarni yetkazib bergan shaxslarni aniqlash maqsadida davom etgan tadbirda Angor tumanida yashovchi P.Ya. va M.Sh.dan 360 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Soxta havolaga aldangan namanganlikning pullari o‘g‘irlandi

Namangan viloyatida yashovchi 20 yoshli (ayol) M.M. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.272.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.    

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shaxarda yashovchi 26 yoshli E.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, E.A. internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta dastur, havola jo‘natib, bu e’longa ishongan jabrlanuvchi M.M.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Теги :
Jamiyat