$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 23-aprel voqealari

Qora 23-aprel

Damas jarga qulashi oqibatida 6 kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq mudhish YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, YTH 21 aprel kuni soat 16:30lar atrofida tumanning Padang qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. Dam olishga borganlarni olib ketayotgan Damas mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida jarlikka tushib ketgan. Mashinada 9 kishi bo‘lgan.

YTH oqibatida 6 kishi – 3 ayol va ularning bittadan farzandi voqea joyida vafot etgan. Halok bo‘lgan bolalarning bittasi 14 yoshli yigit, ikkitasi esa 8 va 9 yoshli qizlar. Shuningdek, 1981 va 1985-yillarda tug‘ilgan ikki ayol hamda 1974-yilda tug‘ilgan erkak og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli qanday ekanligi ma’lum emas.

Taqiqlangan maruzalarni tarqatgan shaxs 2 yilga “kesildi”

Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida mehnat muhojiri sifatida jo‘nab ketgan Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Astarbob qishlog‘i fuqarosi Vohidjon Abdullayev ta’qiqlangan ma’ruzalarni tinglab, ularni tarqatib kelgani uchun ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Xorazmlik ayol uyidagi mehmonni o‘ldirib, uyining hovlisiga ko‘mib yubordi

Xorazmda ayol dahshatli jinoyatga qo‘l urib, tanishini o‘ldirdi va ko‘mib yubordi. Xorazm viloyati prokurasining xabariga ko‘ra, hodisa joriy yilning 17-aprel kuni sodir bo‘lgan.

Urganch shahrining “Hamjihatlik” mahallasida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 1975-yilda tug‘ilgan ayolni qo‘ng‘iroq orqali uyiga taklif qilgan. Uyda ular o‘rtasidagi pul oldi-berdisi sabab nizo kelib chiqqan. Natijada, mezbon ayol mehmon ayolni ro‘mol bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

U marhumaning murdasini uyining hovlisiga chuqur kavlab, ko‘mib yuborgan.

Alimentdan qochib yurgan ota quduqdan topildi

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi inspektorlari tomonidan olib borilgan tadbirda farzandini moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota yashash xonadonidagi quduqdan topildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, otaning alimentdan qarzdorligi 10 million so‘mdan oshib ketgan. Natijada Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro Saidjon qidiruvga berilgan.

Qoidabuzarlik oqibatidagi YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi

Buxoro shahrida haydovchining qoidabuzarligi oqibatida sodir bo‘lgan avtohalokatda bir nafar fuqaro vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 21-aprel kuni soat taxminan 18:10 larda Buxoro shahridagi Otbozor hududidan o‘tuvchi A-380b avtomobil yo‘lining 27 kilometrida “Matiz” va “Lacetti” avtomashinalari to‘qnashib ketgan. Kuzatuv kamerasiga yozib olinan kadrlarda ko‘rinishicha, Matiz haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan avtomashina oldiga chiqib ketgan va YTH sodir etgan.

Avtohalokatda Matiz haydovchisi va yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olgan. Ular zudlik bilan Buxoro shahar kasalxonasiga olib ketilgan. Biroq, tibbiy muolajalarga qaramay, yo‘lovchilardan biri – 54 yoshli ayol vafot etgan.

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 25-28 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi:

-        Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

-        Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;

-        Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

-        Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

-        Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

-        Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

-        Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

-        Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

-        Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

Теги :
Жамият