$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 25-mart voqealari

qora 3 25

4 ta avtomobil ishtirokida YTH

Joriy yilning 24-mart kuni soat 00:10 larda Chilonzor tumani Taxtagul-KHAY ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, BMW rusumli avtomashina haydovchisi harakat davomida “Matiz” rusumli avtomashinaning orqa qismiga to‘qnashgan, so‘ng “BMW” KHAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “KIA” rusumli avtomashina chap tomoniga borib urilgan.

To‘qnashuv zarbidan KIA avtomashinasi bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Malibu-2” rusumli avtomashinasiga to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida BMW avtomashinasi haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi, shuningdek KIA avtomashinasining haydovchisi va 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan, shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Pedofil 3 yilga “kesildi”

Toshkentda 11 yoshli qizga jinsiy jinoyat qilgan erkak 3 yilga qamaldi.

Sud jarayonida ishtirok etgan bolalar ombudsmani jazoni yengillashtirib bo‘lmasligini va sudlanuvchi uni to‘liq o‘tashini ta’kidladi.

Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, joriy yilning 12-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida 2013-yilda tug‘ilgan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat yuzasidan yopiq tarzdagi sud prosessi bo‘lib o‘tdi.

Dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Samarqandning Urgut tumanida tezkor tadbirda “Bunyodkor” MFY hududida harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqarolar I.M. va U.I. xorijda ishlab chiqarilgan 470 turdagi hech qanday hujjatsiz 19 214 dona dori vositalarini o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.N. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, tuman hududidagi savdo markazi avtoturargohida jami 35 quti “Avastin” nomli dori vositasini fuqaro M.Ya.ga 158 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Ekoradar” ovi

Andijon viloyatida Ekologiya vazirligining Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq qator huquqbuzarliklar aniqlanmoqda.

Xususan, Andijon shahar "Ozodlik-6" MFYda fuqaro I. N., "Qorabura-1" MFYda fuqarolar M. A. va Sh. E. hamda "Bekguzar" MFYda fuqaro O. A. belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi ma'lum bo‘ldi.

Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ularning har biri BHMning bir barobari — 340 ming so‘mdan jarimaga tortildi.

Ma'lumot uchun, Ekologiya vazirligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida onlayn kuzatuv kameralarini o‘rnatish davom etmoqda. Bu kameralar nafaqat noqonuniy chiqindi tashlash, balki barcha turdagi ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.

Теги :
Jamiyat
Avto