$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 20-mart voqealari

Qora 20-mart

 Dilorom Jabborovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘tgan yil dekabr oyida u Jizzax shahrida o‘tkazilgan seminar davomida bir bolani davolayotgani aks etgan video tarqalgan va holat ombudsman nazoratiga olingandi. Dilorom Jabborovaning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rov asosida defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘rganish o‘tkazgan.

Ekspertlar ishchi guruhi xulosasi va aniqlangan boshqa holatlar asosida uning harakatlarida aldash va odamlar ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini va uning mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan.

27 fevral kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“BMW” kuchli YTHga uchradi

2024-yil 20-mart kuni soat 03:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi, 7-sonli shahar klinik shifoxonasi qarshisida BMW rusumli avtomashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan va 7-8 marta ag‘anagan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtoulov haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Xoliq Vines” qamaldi

Sahnalashtirilgan videoda vayner Buxoro shahrining Namozgoh ko‘chasida Nexia rusumli avtomobilida harakatlanib, uni xavfli usulda ikki nafar sherigi ustiga haydagani, ular yo‘l chetiga chiqib ulgurgach, avtomobil yo‘l belgisiga urilib, unga zarar yetkazgani tasvirlangan.

Videotasvir bo‘yicha Buxoro viloyati IIB tomonidan surishtiruv o‘tkazilib, transport vositasi egasi va uni haydagan shaxs aniqlangan. Avtomobil jarima maydoniga qo‘yilgan.

Sud vayner va uning to‘rt nafar sherigiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Ammasi tomonidan o‘ldirilgan 7 yoshli qiz

Joriy yilning 12-mart kuni kech soat 20:00 larda Bo‘ka tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga voyaga yetmagan A.Ch.ning ammasi I.N. tomonidan kaltaklangani natijasida shifoxonaga tushganligi haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat bo‘yicha Markaziy shifoxonaga borib o‘rganilganda, voyaga yetmagan A.Ch.ning jonlantirish bo‘limida yotganligi aniqlangan. Tibbiyot xodimlarining olib borgan sa’y-harakatlariga qaramay A.Ch. joriy yilning 15-mart kuni vafot etgan.

Hozirda fuqaro I.N. ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan hamda Ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat
Avto