$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Dorixonalar iste’molchilardan 5,4 mlrd. so‘mga yaqin asossiz daromad olgan

dorixona

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining xabar berishicha, hududlarda dori vositalariga belgilangan referent narxlarni oshirish holatlari aniqlandi.

473 ta dorixonada huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgan

Qayd etilishicha, respublikada faoliyat yuritayotgan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan dori vositalarining narxlari bo‘yicha o‘rganishlar olib borilgan. Ularda belgilangan ustamalarni oshirib qo‘llanish holatlarini aniqlangan.

Qo‘mitaning Fair tech yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani ma’lum bo‘lgan.

Hududlar kesimida

Xususan quyidagi holatlarda fuqarolardan dorilar narxlarini asossiz oshirish natijasida mablag‘lar olingan:

  • Toshkent viloyatida 111 ta dorixonada 1838 ta holatda 39 mln. so‘m miqdorda;
  • Toshkent shahrida 71 ta dorixonada 17 266 ta holatda 1 mlrd. 911 mln. so‘m miqdorda;
  • Jizzax viloyatida 62 ta dorixonada 7005 ta holatda 743,7 mln. so‘m miqdorda;
  • Namangan viloyatida 44 ta dorixonada 7544 ta holatda 1 mlrd. 14,5 mln. so‘m miqdorda;
  • Navoiy viloyatida 32 ta dorixonada 1492 ta holatda 134,9 mln. so‘m miqdorda;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 30 ta dorixonada 1391 ta holatda 71,8 mln. so‘m miqdorda;
  • Sirdaryo viloyatida 24 ta dorixonada 1587 ta holatda 20 mln. so‘m miqdorda;
  • Farg‘ona viloyatida 23 ta dorixonada 539 ta holatda 93,2 mln. so‘m miqdorda;
  • Andijon viloyatida 20 ta dorixonada 6352 ta holatda 312,8 mln. so‘m miqdorda;
  • Buxoro viloyatida 17 ta dorixonada 1866 ta holatda 71,8 mln. so‘m miqdorda;
  • Qashqadaryo viloyatida 18 ta dorixonada 1378 ta holatda 18,8 mln. so‘m miqdorda;
  • Samarqand viloyatida 9 ta dorixonada 30 ta holatda 36,6 mln. so‘m miqdorda;
  • Surxondaryo viloyatida 7 ta dorixonada 1048 ta holatda 914 mln. so‘m miqdorda;
  • Xorazm viloyatida 5 ta dorixonada 119 ta holatda 10 mln. so‘m miqdorda.

5,4 mlrd. so‘mga yaqin asossiz olingan daromad

O‘rganishlar natijasida 49 455 ta holatda 5,4 mlrd. so‘mga yaqin asossiz daromad olingani aniqlangan. Mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan va ularning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgan.